Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V.Darsning jihozi: undalmali gaplar jadvali.
VI. Dars turi:_________________________________________ VII. Dars usuli:_______________________________________ VIII.Darsning borishi IX.Darsning rejasi: 1. Undalma haqida ma'lumot.
2. Undalma va ega munosabati.
Mavzudan keyin berilgan ikkala kirish topshiriqlari undalmani tushunish va ahamiyatini his qilish uchun yaxshi bir vosita bo’lib xizmat qiladi. 1- topshiriqdagi dastlabki gapda fikr kimga qarata aytilgani ma'lum emas, ikkinchi gapda esa fikr Vatanga nisbatan qaratilgani ko’rinib turibdi. 2- topshiriqqako’ra undalma ishtirok etgan uch gap solishtirilishi lozim. Bundan fikryakka bir shaxsga, ko’pchilikka, ba'zan jonzotlarga qaratilishi mumkin ekanligi oydinlashadi. Shundan so’ng grammatik qoidalar o’zlashtiriladi. Topshiriqda berilgan gapda «tog'» so’zi undalma ekanligini o’qituvchi bergan savol orqali o’quvchilar topadilar.
O’quvchilarga xos bo’lgan xato shuki, ular ko’p hollarda ega va undalmani farqlay olmaydilar. Undalmaning ko’pincha gap boshida kelishi, bosh kelishikda bo’lishi ularni adashtiradi. Xatoning oldini olish uchun quyidagi gaplarga murojaat qilinadi:
Akmal kitobni o’qiydi.
Akmal, sen kitobni o’qi.
Akmal, kitobni o’qi.
Birinchi gapda «Akmal» so’zi ega, ikkinchi gapda «Akmal» undalma, «sen» olmoshi ega, uchinchi gapda «Akmal» so’zi undalma, ega esa qatnashmayapti. O’quvchilarga yaxshi eslab qolishlari uchun undalmadan keyin doimo vergul qo’yilishi hamdaba'zan undalmali gaplarda ifodalangan yoki yashirin kelgan sen olmoshi ega bo’lishi tushuntiriladi. Undalmali gaplarda ko’pincha eganing tushib qolishiga urg'u beriladi.
Mashqlarni bajarish asosida sinf o’quvchilari bilan dialog shaklida suhbat uyushtirib, undalmalarning ishlatilishini tahlil qilish mumkin. Shunday dialog 2-mashqda ham berilgan grammatik tahlildan so’ng mashqqa berilgan topshiriqlar bajartiriladi. Kishining o’ziga butunlay aloqasi bo’lmagan narsaga qiziqishi va u haqida so’rashi aqlsizlik, farosatsizlik ekanligi, sirsaqlashi bola timsolidagi oqillik sanalishi ta'kidlanadi. Keyingi mashqlarda ham grammatik tahlil ma'rifiy tahlil bilan uyg'un holda bajarilishi lozim. Mashqlarda uchragan undalmalarning bir so’zdan (yig'iq) hamda ikki-uch so’zdan iborat (yoyiq)bo’lishiga o’quvchilar diqqati tortiladi.