Optika 1-Laboratoriya ishi yorug’likning qaytish va sinish qonunlarini o’rganish


-mashq. Qaytayotgan yorug’likda hosil bo’luvchi Nyuton halqalari yordamida linzaning egrilik radiusi va yorug’likning to’lqin uzunligini aniqlash



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə23/45
tarix11.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#131601
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Optika labaratoriya

1-mashq. Qaytayotgan yorug’likda hosil bo’luvchi Nyuton halqalari yordamida linzaning egrilik radiusi va yorug’likning to’lqin uzunligini aniqlash


Kerakli asbob va materiallar: okulyar-mikrometr, ob’­ektiv-mikrometr, parallel shaffof plastinka, OPAK illyuminatori, yoritgich, bir tomoni qabariq yassi linza.


ISHNING BAJARILISH TARTIBI

1. 24-rasmda tasvirlangan optik sxemani yig’ing va D darcha qarshisiga yorug’lik manbaini o’rnating.


2. Maxsus filtr yordamida biror spektr chizig’ini ho­sil qiling.
3. Nyuton halqalarini hosil qiluvchi maxsus qurilmani mikroskop stolchasiga o’rnating. Agar Nyuton halqalari bo’lmasa yoki markazda yorug’ dog’ bo’lsa, asbobning linzasini va yassi plastinkani yaxshilab changdan tozalang.
4. Hosil bo’lgan halqalarni ko’rish maydonida markazdan boshlab o’ng va chapga sanab chiqing, aniq ko’rinuvchi halqalarning juftlarini tanlang, halqalar markazining ko’rish maydoni markazida yotishiga erishing.
5. Okulyar-mikrometr krestini, avvalo, chapdan biror qo­rong’i halqa ustiga to’g’rilang va natijani yozib oling. Shu usulda markaz tomon siljitib borib, 19-18 va hokazo olti­ta halqaning vaziyatlarini yozib oling.
6. Markaziy dog’lar o’ng tomonida ham shu usulda o’l­chashlar bajaring va halqalarning radiuslarini aniqlang.
7. Filtrdan o’tgan yorug’lik to’lqin uzunligi ni bilgan holda (9-24) formuladan R ni hisoblang. Halqalar jufti­ni Z20-Z10, Z18-Z9 va hokazo kabi olish maqsadga muvofikdir. Bunda aniqlik ancha yuqori bo’ladi.
8. Linza egrilik radiusining o’rtacha qiymati R ni to­ping. Natijalarni 14-jadvalga yozib oling.
14-jadval



m

N

rm, mm

rn, mm

λ, 108 sm

R, sm

9. Yorug’lik filtrini boshqasi bilan almashtiring va 5-6 punktlardagi o’lchashlarni bajaring.
10. Olingan natijalar asosida r ni bilgan holda yorug’likning to’lqin uzunligini (9-24) formula yordamida toping.
11. Olingan natijalarni 15-jadvalga yozing.
15-jadval



m

N

rm, mm

rn, mm

R, sm

λ, 108 sm

12. Hatoliklarni hisoblang va o’z-o’zini sinash savollariga javob bering.





Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin