O‘qituvchi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə45/172
tarix31.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#113296
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   172
7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz

Yangi mavzu bayoni:

O‘zbekiston tog‘lari

O‘zbekiston hududida g‘arbiy Tyanshan va Pomir-Îloy tog‘ tizmalari joylashgan. Bular Ugom, Piskom, Chatqol, Qurama tog‘lari hamda Zarafshon, Hisor, Boysun, Nurota tog‘lari bo‘lib, ular respublikamiz hududining beshdan bir qismini tashkil etadi. Tog‘larning balandligi har xil, yonbag‘irlari tik, tog‘lardagi eng baland cho‘qqi — 4643 metr. Tog‘ oldilarida keng adirlar, xushmanzara daralar bor. Tog‘lar oralig‘ida katta va keng vodiylar ham yuzaga kelgan bo‘lib, bular orasida Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona vodiylari alohida ajralib turadi. Tog‘ yonbag‘irlarida archa, do‘lana, bodom, tog‘olcha kabi daraxtlar,

shifobaxsh o‘simliklar o‘sadi. Zomin, Chimyon, Chatqol, Boysun tog‘larida tog‘ echkilari, bo‘ri, ayiq kabi yovvoyi hayvonlar yashaydi. Bu hayvonlarni asrash uchun maxsus qo‘riqxonalar ham tashkil etilgan.



Bilib oling!-lik, -iy, -viy qo‘shimchalari o‘rin-joy va payt ma’nosini, -gi, -ki qo‘shimchalari payt ma’nosini bildiruvchi sifatlarni yasaydi. Masalan:

O‘rin ma’nosini Payt ma’nosini bildiruvchi sifatlar bildiruvchi sifatlar

tog‘lik yigit kuzgi hosil qishki ta’til bugungi voqea.

Mustahkamlash:2- mashq. Berilgan sifatlarni o‘rin va payt ma’nosini ifodalashiga ko‘ra 2 guruhga ajratib yozing.

1. Men „Tog‘lik kuyov“ filmini sevib tomosha qilaman. 2. Til bayrami devoriy gazetada yoritildi. 3. Anjumanda olimlar ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar. 4. Kuzgi ta’tilda olimpiadalar boshlanadi. 5. Forumda chet ellik mehmonlar ishtirok etishdi. 6. Tarixiy asarlarni o‘qishni yoqtiraman.

3- mashq. -gi, -ki, -lik, -iy, -viy sifat yasovchi qo‘shimchalardan mosini qo‘shib, sifatlar yasang va namunadagidek yozing.

Namuna: yoz — yozgi.

shahar, ilm, tarbiya, qish, omma.

2- topshiriq. O‘qing. Matnda nomlari keltirilgan o‘simliklar qayerlarda o‘sishini ayting


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin