O‘qituvchi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə49/172
tarix31.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#113296
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   172
7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz

Yangi mavzu bayoni:

O‘zbekistonning hayvonot dunyosi.

XIX asrning ikkinchi yarmida G‘arbiy Tyanshan tog‘larida, O‘zbekiston janubidagi Bobotog‘, Ko‘hitang, Boysun, Hisor tog‘lari etaklarida hozir deyarli yo‘q bo‘lib ketgan qoplon, yo‘lbars, tog‘ qo‘yi, qizil bo‘ri, Tyanshan oq tirnoqli ayig‘i, Qizilqum qo‘ylari va boshqa ko‘p hayvon turlari bor edi. Ekologiyaning yomonlashuvi va insonning tabiatga qo‘pol munosabati oqibatida ularning turi va soni keskin kamaydi. Turon yo‘lbarsi, qizil tulki va boshqa noyob hayvonlar butunlay yo‘qolib ketdi. O‘rta Osiyo va G‘arbiy Osiyoda yashovchi qoplon, olachiðor bo‘g‘ma ilon, qora laylak, ko‘zoynakli ilon (kobra), uzun dumli burgut, oqqush va boshqalar yo‘qolish arafasidadir. Bulardan tashqari, Ustyurt qo‘chqori, burama shoxli qo‘y, suvsar, olachiðor kaltakesak va boshqa ayrim hayvonlarning ham yo‘qolib ketish xavfi bor.

(„ O‘zbekiston Respublikasi“ ensiklopedik ma’lumotnomasidan)



Bilib oling!

Sifatlar birikmali bo‘lishi ham mumkin. Masalan: oq tirnoqli ayiq, ko‘zoynakli ilon, burama shoxli qo‘y, ikki o‘rkachli tuya. 5- mashq. Savollarga javob bergan holda matnni davom ettiring.

Biz do‘lana tergani tog‘ yonbag‘ridan yuqoriga ko‘tarila boshladik. Do‘lana pishig‘ida tog‘da bo‘lganmisiz? Tog‘ xalqi do‘lana pishig‘ini kutadi. Do‘lana tog‘ning eng baland cho‘qqisiga birinchi qor tushgandan so‘ng pishadi. Ana shu paytda tog‘liklar do‘lana tergani tog‘ga chiqadilar. ...

Mustahkamlash:1. Siz do‘lanani yoqtirasizmi? 2. Do‘lananing ko‘rinishi, maza-ta’mi qanday? 3. Do‘lana qayerda o‘sar ekan? 4. U nimalarga davo bo‘ladi?

6- mashq. Berilgan sifatlar ishtirokida so‘z birikmalari tuzing.

Foydali, saxovatli, bexabar, ishchan, kumushsimon, shifobaxsh, sezgir, salobatli, tortinchoq, ko‘chma, tonggi.



3- topshiriq. Berilgan matnlardan foydalanib, jadvalni to‘ldiring.

‘zbekistondagi Oi O‘zbekistondag O‘zbekistondagi ‘zbekistondagi Oi O‘zbekistondag tog‘larning nomlari ‘zbekiston On O‘zbekisto O‘zbekiston ‘zbekiston On O‘zbekisto hududidagi mavjud hayvonlar

‘zbekiston On O‘zbekisto O‘zbekiston ‘zbekiston On O‘zbekisto hududidagi mavjud qushlar


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin