Oro davlat universiteti yoqub saidov


Yevgeniy Dmitrievich Polivanov



Yüklə 242,94 Kb.
səhifə7/45
tarix16.05.2022
ölçüsü242,94 Kb.
#115930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Oro davlat universiteti yoqub saidov

Yevgeniy Dmitrievich Polivanov – 1892-yil 28-fevralda Smolensk (Rossiya) shahrida tug`ilgan. U 1920-1930-yillar mobaynida O’zbekistonda yashaydi va shahar va qishloqlarga ko’plab ekspeditsiyalar uyushtirib, o’zbek xalqining, hayoti, madaniyati, tili va adabiyotiga oid qimmatbaho materiallar to’playdi, ularni yiqqan holda o’nlab tadqiqot asarlari yaratadi. Y.D.Polivanov o’zining «O’zbek tilining qisqacha grammatikasi» (I va II qsimlari, 1926), «O’zbek tilini o’rganishga kirish» (I-chiqishi, 1925), «O’zbeklarning etnografik xarakteristikasi» (I chiqishi, 1926), «O’zbek tili grammatikasidan materiallar» (I-chiqish, 1935), «O’zbek dialektologiyasi va o’zbek adabiy tili» (1933) kabi katta hajmdagi ilmiy asarlari va «Toshkent dialektining fonetik sostavi» (1924), «Samarqand shevasi» (1928), «Qozoq-nayman shevasi» (1931) singari maqolalarida o’zbek tilining o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etgan. Buyuk turkologlar – V.V.Reshetov, K.K.Yudaxin kabilar shu olim qo’lida o’qiganlar. Atoqli olim 1928-yilda Bishkek shahrida vafot etadi.

Birinchi o’zbek lingvisti professor G`ozi Olim Yunusov 1893-yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Boshlang`ich ma‘lumotni Toshkentda olib, 1912-yilda Misrga boradi va u yerda o’qiydi; so’ngra o’qishni 1914-yilda Turkiyaga ko’chiradi.

Gozi Olim Yunusov 1930-yilda tashkil etilgan ilmiy ekspeditsiyaga rahbarlik qiladi. Bu ekspeditsiya tarkibida taniqli olimlar, jumladan, E.D.Polivanov, Hodi Zarifov, H.Q.Ramazonov kabilar bor edi.

G`ozi Olim Yunusov o’zining ilmiy lingvistik, adabiy, ijtimoiy faoliyati davomida ko’plab ilmiy kitob va qo’llanmalar yaratdi. Uning «O’zbek lahjalarini tasnifida bir tajriba» (1936), «O’zbek urug`laridan qatag`onlar va ularning tili» (1930), «O’zbek tili grammatikasi» (1936, qo’lyozma) kabi kitoblari fan taraqqiyotiga ma‘lum bir hissa bo’lib qo’shildi. «Alpomish» dostoni shu olim tomonida 1922-yilda birinchi bo’lib yozib olingan. Olim 1939-yilda vafot etgan.




Yüklə 242,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin