O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/39
tarix10.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#139586
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi

TENG BOG‘LOVCHILAR


O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
hisoblanadi. Teng bog‘lovchilar gap
bo‘laklari va gaplarni bog‘lash bilan birga ular o‘rtasidagi 
mazmuniy 
munosabatni ham ro‘yobga chiqaradi. Shunga ko‘ra teng bog‘lovchilar quyidagi
guruhlarga 
bo‘linadi:
1) biriktiruv bog‘lovchilari: va, hamda, bilan, ham;
2) zidlov bog‘lovchilari:
ammo, lekin, biroq; 
3) ayiruv bog‘lovchilari: 
yoki, yo ... yo, goh ... 
goh, dam ... dam, bir ... bir,ba’zan ... ba’zan, xoh ... xoh;
4) inkor bog‘lovchisi: na ... na.
Bog‘lovchilar ham xuddi ko‘makchilar singari sof va vazifadosh turlarga
bo‘linadi. Faqat 
bog‘lovchi vazifasini bajaruvchi yordamchi so‘zlar sof
bog‘l
ovchilar sanaladi: va, lekin, ammo, biroq 
kabi. Bir o‘rinda bog‘lovchi,
boshqa o‘rinda ko‘makchi, yuklama yoki modal so‘z vazifasida keluvchi
bog‘lovchilar vazifadosh bog‘lovchilar sanaladi. Masalan: Yozda Buxoroga
qarindoshlarimizni ko‘rgani 
bordik ham (b
og‘lovchi) tarixiy obidalarni tomosha
qildik. Bilimli kishi o‘lsa ham (yuklama) uning 
nomi o‘chmaydi...
Teng munosabatdagi gap bo‘laklarini va gaplarni o‘zaro biriktirib keluvchi
bog‘lovchilar 
biriktiruv bog‘lovchilari hisoblanadi. Biriktiruv bog‘lovchilar
iga 
va, hamda
sof bog‘lovchilari, 
bilan
ko‘makchi
-
bog‘lovchisi, 
-u (-yu), -da, ham
yuklama-
bog‘lovchilari mansubdir. Bulardan ham bog‘lovchi 
vazifasida 
yakka va takror
holda qo‘llaniladi. 
-u (-yu), -da
o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan chiziqcha
bilan 
ajratiladi. 
O‘zaro bog‘lanayotgan bo‘lak yoki gaplardan birini boshqasidan ayirib
ko‘rsatuvchi 
bog‘lovchilar ayiruv bog‘lovchilari hisoblanadi. Masalan: yo, yoki,
yo ... yo, goh ... goh, dam ... dam, 
ba’zan ... ba’zan, bir ... bir kabi. Takror
qo‘llanuvchi ayiruv bog‘lovchisi oldidan yozuvda vergul 
qo‘yiladi.
O‘zaro zidlik munosabatida bo‘lgan uyushiq bo‘laklar yoki gaplarni bir
-biriga 
bog‘lab keluvchi 
ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari zidlov bog‘lovchilari
sanaladi. Balki so‘zi 
ko‘pincha zidlov 
bog‘lovchisi vazifasida qo‘llanadi.
Masalan: Bu jarang-
jurung ovozlar uning g‘ashini keltirmas, balki 
xayolini 
chalg‘itib, unga orom bag‘ishlardi. Yozuvda zidlov bog‘lovchilaridan oldin
vergul qo‘yiladi.
Uyushiq bo‘lak va gaplarni inkor ma’nosini yuklagan holda bog‘lovchi na... na
yordamchisi inkor bog‘lovchisi sanaladi. Bunda gapning kesimi tasdiq shaklida
bo‘ladi. Na... na 
yuklama vazifasida ham kelishi mumkin. Bunda gapning kesimi inkor 
shaklida bo‘ladi.
Bog‘lovchilar qo‘llanishiga ko‘ra 
yakka va takror
bog‘lovchilarga bo‘linadi. Va,
ammo, lekin, 
biroq, chunki, yo kabi bog‘lovchilar yakka, yo... yo, dam... dam, goh...
goh bog‘
-lovchilari esa takror 
bog‘lovchilar sanaladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin