Tayanch iboralar: kommutatsiya qonuni, kompozitsiya qonuni, tranzitivlik munosabati, mulohazalar mantig‘i, predikatlar mantig‘i. Qat’iy mulohazalardan nosillogistik xulosa chiqarishda implikatsiya bilan bog‘liq qonunlar va munosabat mulohazalari bilan bog‘liq mantiqiy qonunlarga asoslaniladi. Bunda quyidagi simvollar qo‘llanadi: p,q,r – propozitsional o‘zgaruvchilar; – kon’yunksiya belgisi; Ú – diz’yunksiya belgisi; → – implikatsiya belgisi; ↔” – ekvivalentlik belgisi.
Kommutatsiya qonuni asosida xulosa chiqarish.
Kommutatsiya qonuni – (lot. commutatio– o‘zgarish, almashtirish) shartli mulohazaning ikki ketma-ket keluvchi asoslarining o‘rnini almashtirish mumkinligini tasdiqlovchi mantiqiy qonun. Qonunning simvolik ifodasi quyidagicha yoziladi:
(( р → ( q → r)) º((q → (р → r)) Masalan: Agar bahor seryog‘in bo‘lsa, daryolarning muzi erib ketsa, unda suv toshqini bo‘ladi. Agar daryolarning muzi erib ketsa, bahor seryog‘in bo‘lsa, unda suv toshqini bo‘ladi.