O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Viktor Gyugo (1802–1885). Viktor Gyugo fransuz va Ovrupa ro-
mantizmining yirik vakili hisoblanadi. Fransuz romantizmida Viktor 
Gyugoga teng keladigan ijodkor topilmaydi. U shoir, dramaturg, ro-
mannavis, romantizm nazariyotchisi, siyosiy arbob, insonparvarlik 
g‘oyalarining tolmas targ‘ibotchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Viktor Gyugo Bezonson shahrida ofitser oilasida tug‘ildi. Otasi Na-
paleon davrining generali, onasi esa aksincha, Burbonlar tarafdori edi. 


172
Shoir o‘zining birinchi she’rlarida burbonlarni madh etadi.
Ijodiy faoliyatini she’rlar yozishdan boshlagan Viktor Gyugon-
ing 1822-yili “Qasidalar”, 1829-yilda “Qasida va balladalar” nomli 
she’riy to‘plamlari chop etilgan. Dastlabki to‘plamlarining nomlani-
shi yosh shoirning klassitsizm an’analari ta’sirida bo‘lganligidan da-
lolat beradi. 
Uchinchi  she’riy  to‘plami  “Sharqona”  (1829)  deb  nomlanadi. 
To‘plamga  yozilgan  so‘zboshini  yosh  ijodkorning  dasturi  sifatida 
qabul qilish mumkin. Unda shoirning mavzu tanlashdagi erkinligi 
targ‘ib etiladi.
1820-yillarda  V.Gyugoning  duniyoqarashi  va  ijod  tamoyillari 
shakllandi. 1823-yilda “Valter Skott haqida” maqolasida V.Skott va 
Homer ijodiy “kashfiyotlari”ni uyg‘unlashtirish bilan birga roman 
janrida drama imkoniyatlaridan unumli foydalanish haqida yozadi. 
Mazkur ijodiy g‘oyalarini keyinchalik “Parij Bibi Mariyam ibodatx-
onasi” romanida mahorat bilan qo‘llaydi. 
1827-yili birinchi asari «Kromvel» (XVII asr Angliya burjuaziya 
inqilobi yyyetakchisi Kromvel haqida) dramasini yaratadi va unga 
kengaytirilgan so‘zboshi yozadi. Ushbu so‘zboshi Fransuz roman-
tizmining manifestiga aylandi. Romantik dramalar Gyugogacha ham 
yaratilgan. Biroq, klassitsizm hukmronligi davrida dramalar sahn-
alashtirilmagan. Ular “o‘qish uchun yozilgan dramalar” deb atalar 
edi. Viktor Gyugo Shekspir tajribasidan foydalanib tragediya emas, 
romantik tarixiy drama yaratadi. U klassitsizm adabiyoti qonun qoi-
dalaridan voz kyyechishga (vaqt, makon, harakat birligi, yuqori va 
quyi janrlar) chaqiradi. Viktor Gyugo Shekspir ijodini ana shunday 
qonun-qoidlardan xoli deb biladi.
Mazkur so‘zboshi romantik tarixiylik, grotesk usuli, borliqni tas-
virlash tamoyillari hamda dramaning san’at asari sifatidagi xususi-
yatlari bayon etilganligi bilan ahamiyatlidir. V.Gyugo drama haqida-
gi nazariy qarashlarini 1829-yilda yaratilgan “Ernani” pyesasiga tat-
biq etadi. Unda klassitsizmning uch birlik qoidasiga rioya etilmaydi. 
Asar voqealari turli joylarda bo‘lib o‘tadi. Klassitsizm tragediyasida 


173
oliy darajadagi haqiqat hakami vazifasini qirol bajargan bo‘lsa, maz-
kur asarda bu vazifani fuqarolik huquqlaridan mahrum bo‘lgan qa-
roqchi Ernani ado etadi. 
1831-yili  «Parij  Bibi  Mariyam  ibodatxonasi»  romani  yaratildi. 
Asar mavzusi XV asrdagi Fransiya tarixidan olingan. 
V.Gyugo  o‘rta  asr  ibodatxonasi  ustunlaridan  birida  «Ananke» 
so‘zini  o‘qidi.  (taqdir,  qismat  degani)  Yozuvchi  bu  so‘zga  keng 
ma’no berdi. (Din anankesi, jamiyat anankesi va boshq). Asar syu-
jeti quydagicha:
Ibodatxona ruhoniysi Klod Frollo – o‘z umrini din yo‘liga tikkan 
odam. U yoshi o‘tib qolgan bo‘lishiga qaramay Parij ko‘chalarida 
o‘yinga tushib tirikchilik o‘tkazuvchi lo‘li qiz Esmiraldani sevib 
qoladi.  Qiz  buni  rad  qiladi.  Frollo  kapitan  Feb  bilan  Esmiraldani 
kuzatib yuradi. Qizni qirol armiyasi ofitseriga suiqasd qilishda ay-
blab, o‘limga hukm qiladilar. Uni jazolash uchun olib ketayotganda 
Kvazimodo uni ibodatxonaga olib ketadi. U qashshoq odamlar bilan 
ibodatxonada yashaydi.
Frollo qizga o‘z sevgisini majburlab o‘tkazmoqchi bo‘ladi, ammo 
bu befoyda. U qizni jallodlar qo‘liga topshiradi. Qizni dorga osisha-
di. Kvazimoda Klod Frolloni o‘ldiradi. O‘zi ibodatxonani tark etib 
Esmiralda jasadi oldida jon beradi. 
Asardagi ibodatxona – o‘rta asrchilik, feodalizm, zulm, adaolat-
sizlik maskani sifatida tasvirlangan. 
Viktor  Gyugo  1862-yili  «  Ho‘rlanganlar»,  1869-yili  «Kulgich 
odam», 1874-yili esa «93 yil» romanini yaratdi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin