O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


AVSTRALIYA, OKEANIYA, AFRIKA, KANADA



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

AVSTRALIYA, OKEANIYA, AFRIKA, KANADA 
MAMLAKATLARI ADABIYOTI
REJA:
1.  Avstraliya adabiyoti: kecha va bugun.
2.  Okeaniya mamlakatlari adabiyoti manzaralari.
3.  Afrika adabiyotiga chizgilar.
4.  Kanada adabiyotining umumiy xarakteristikasi.
Tayanch so‘z va birikmalar: xalq og‘zaki ijodi, janrlari, yozma 
adabiyot, o‘tmish adabiyoti, zamonaviy adabiyot, sintez adabiyot, 
adabiyot davrlari, qo‘shiqlar, miflar, ertaklar, afsonalar.
Avstraliya adabiyoti
 Avstraliya adabiyoti, asosan, ingliz tilidagi adabiyotdir. Uni yana 
sintez  adabiyoti  ham  deyishadi.  Chunki  taxminan  XVIII  asrgacha 
mahalliy  aborigenlarning  og‘zaki  adabiyoti  mavjud  bo‘lgan.  Bu 
vaqtdan e’tiboran esa, qit’aga inglizlar kelishdi hamda sekin-asta o‘z 
adabiyotlarini barpo etishdi. Qolaversa, qit’aga boshqa xalq vakillari 
ham ko‘chib kela boshlashdi. Natijada Avstraliya adabiyoti ko‘plab 
xalqlar adabiyotidan tashqil topgan sintez adabiyotga aylandi. Shun-
ga qaramay, ingliz tilidagi adabiyot yyyetakchi mavqyega ega.
Demak, 200 yildan ortiqroq vaqt davom etib kelayotgan qit’a ad-
abiyotini quyidagicha davrlashtirish mumkin: 
1.  Kolonial yoki ingliz-avstraliya davri (1788–1880);
2.  Milliy davr (1880–1920);
3.  Zamonaviy davr (1920-yillardan hozirgacha).
Avstraliyaning  dastlabki  adabiy  yodgorliklari  deya  qit’aga kel-
gan kema zobitlari bo‘lgan Ison Uayt (1756–1832), Uotkin Tench 
(1758–1833) va Devid Kollinzlarning (1756–1810) memuarlari va 
yo‘l qaydnomalari aytiladi. Ilk she’riy asarlarning mazmuni Angli-


288
yadan qochib kelgan yo surgun qilinganlarning erkin hayot haqida 
bo‘lib,  ballada  janrida  yozilgan.  Charlz  Tompson  (1806–1883), 
Charlz Ventvortlar (1790–1872) dastlabki lirik shoirlar hisoblanadi. 
Charlz Garpur (1813–1868) esa, davrning ulug‘ shoiri sifatida tan 
olinadi.
Shundan  keyin  Avstraliya  adabiyotining  milliy  davri  bosh-
landi.  Bunga  sabab  esa  odamlar  qit’aga  o‘rgandilar,  uni  sevdi-
lar,  o‘zinikidek  his  qildilar.  Natijada  adabiyot  Angliya  adabiyoti 
ta’siridan chiqishga, o‘z mavzularini o‘z yo‘llarida kuylashga intildi. 
Adabiyotining milliy davri Jyul Fransua Archibald va Jon Xayns-
lar asos solgan “Byulleten” haftaligidagi chiqishlardan boshlangan. 
Avstraliyadagi hayot, qishloq manzaralari, do‘stlik, mardlik va in-
sonlar o‘rtasidagi tenglikni kuylash Banjo taxallusli Endryu Barton 
Patterson (1864–1941), Genri Louson (1867–1922), Charlz Brennan 
va Nilson singari shoirlarni yurtga tanitdi.
Zamonaviy  davr Avstraliya  adabiyoti Amerika, Angliya  va Ir-
landiya adabiyotining muayyan darajadagi ta’sirida bo‘ldi.  Nasr, 
nazm, dramaturgiya rivojlandi. Qit’a aborigenlarining hayoti va xalq 
og‘zaki ijodiga e’tibor berildi, ular qayta baholandi. Shu bilan birga
sekin-asta Avstraliya adabiyoti o‘z ovoziga ega bo‘lishga talpindi. 
Yozuvchi  Patrik  Uayt  1973-yilda  adabiyot  bo‘yicha  Nobel  muko-
fotiga munosib deb topildi. Kristofer Kox, Geyl Parter singari nosir-
lar ijodida avstraliyacha shakl va mazmun yaqqol aks etdi. 
Natal’ya Krofts bugungi Avstraliya adabiyotida rus va ingliz til-
larida ijod qiluvchi zamondosh ijodkorlar sirasiga kiradi. 1976-yilda 
Ukrainada tug‘ilgan. Moskva davlat (Rossiya) va Oksford (Angliya) 
universitetlarining mumtoz filologiya fakultetini tamomlagan. Sid-
ney (Avstraliya)da yashaydi. Yozuvchi, shoir, tarjimon. U ilg‘or ta-
fakkurli zamonaviy ijodkorlar vakili bo‘lib, dunyo kezadi (60 dan 
ortiq mamakatlarda yashagan), turfa xalqlar adabiyoti bilan yaqin-
dan tanishadi, ular haqida maqolalar, suhbatlar uyushtiradi. Ijodkor 
2013-yilda O‘zbekistonga ham tashrif buyuradi. Yozuvchi va adabi-
yotshunos Ulug‘bek Hamdam bilan “Bepoyon olam” nomli suhbati 


289
“Zvezda  Vostoka”  jurnalida  e’lon  qilinadi
51
.  Suhbatda  Avstraliya 
adabiyoti, uning ko‘zga ko‘ringan vakillari haqida so‘z yuritib N. 
Krofts: “Ingliz tilidagi adabiyot bilan qiziquvchilar Piter Keri, Nobel 
sohibi Patrik Uayt, shoir Genri Lousonni yaxshi bilishadi, yaqinda 
nomi chiqqan Aravinda Adiguning “Oq yo‘lbars”si menga juda man-
zur. Avstraliyadagi  rus  adabiyoti  esa,  1911–1912-yillarda, qit’aga 
K. Balmont, A. Usov, S.Alimovlar kelgandan boshlangan. Ulardan 
faqat oxirgisi bu yerda qoldi” deydiki, bundan ham Avstraliya ad-
abiyoti ko‘plab millatlarning sintez adabiyoti ekani ayon bo‘ladi.
Endi  kashf  qilinganda,  Avstraliya  qit’asi  Angliya  jinoyachilari 
surgun  qilinadigan  joy  bo‘lib  xizmat  qilgan. Vaqtlar  o‘tib  esa,  bu 
yerga  kelganlarning  ko‘pchiligi Angliyaga  qaytib  ketishmay, Avs-
traliyani o‘z vatanlari deb bilishdi. Adabiyot shaklan ingliz va irland 
adabiyoti ta’sirida bo‘lsa-da, Avstraliya qit’asi voqeligini aks ettirdi. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin