O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Nargiz haqida mif. Nargiz tug‘ilganda taqdirdan fol ochuvchi: 
“Bu  bola  o‘zini  ko‘rgungacha  yashaydi”,  deydi.  Ushbu  bashorat 
hammaga  bema’ni  bo‘lib  tuyuladi.  Bola  behad  ko‘rkam  bo‘lib 
o‘sadi. Ko‘rganki bor, uni sevib qolardi. Shulardan biri Exo edi. U 
Nargizning ortidan soyadek ergashadi. Ammo ko‘plar qatori rad ja-


35
vobi oladi. Exo alamidan g‘orga kirib ketadi va dard chekib qurib
ovozigina qoladi. Jismi esa toshga aylanadi. Kim u yerga kirib gapirsa, 
faqat exo – aks-sado qaytadi. Hamma to‘planib, qasos ma’budasi Ne-
mezidga “Nargizni jazola!” deydi. Nemezid istakni bajaradi: “Nargiz 
o‘zini sevib, o‘ziga yetolmay azob cheksin”, deydi. Kunlardan bir kun 
Nargiz ovdan qaytayotib chanqaydi va suvga boradi. Suvda o‘z ak-
sini ko‘rib esa, sevib qoladi. Suvdagi aksga yetolmay, yig‘lab iztirob 
chekadi.  Shunday  azoblanadiki,  axiyri  qovjirab  quriydi…  Odamlar 
ancha vaqtdan keyin sohilda bir gulni topib olishadi: Oq Nargiz gulni. 
Bu afsona keyinchalik adabiyotda turfa ko‘rinishlarda yashaydi. 
Chunonchi, Rim shoiri Ovidiy “Metamorfoza” asarida Nargiz gulni 
qanday paydo bo‘lishi haqida batafsil yozadi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin