O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Qadimgi yunon dramasi
  Miloddan  oldingi  VII-VI  asrda  shakllangan  yunon  quldorlik 
jamiyati V asrda o‘zining yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. 
V-IV  asrlar  adabiyoti  Afina  shahri  joylashgan  viloyat  nomi  bi-
lan “yunon adabiyotining attika davri” deb ataladi. Afina davlatini 
boshqargan Perikl(500–429) poytaxtga butun Yunonistondan fayla-
suf, olim, shoir, haykaltaroshlarni to‘pladi.
Taraqqiyot bosqichi mobaynida barcha xalqlar qo‘shiq aytib, 
raqs tushib bajaradigan turli rasm-rusumlar bo‘lgan. Drama ad-
abiyotning alohida turi sifatida antik davrda shakllandi. Dramada 
asosiysi hikoya yoki bayon qilish emas, harakat bo‘lgan(yunoncha 
drama so‘zi “harakat” ma’nosini bildiradi). Dramada ishtirokchilar 
o‘rtasidagi o‘zaro suhbatlar – dialoglar, munosabatlar, ularning xat-
ti-harakatlari, qarama-qarshiliklar va ularning yechimi tasvirlanadi. 
Yunon dramaturgiyasining barcha turlari – tragediya, komediya, 
satirlar dramasi dehqonlarning homiylari bo‘lgan ma’budalar Deme-
tra va Kora sharafiga kuylagan qo‘shiqlar hamda may, shodlik va 
hosildorlik ma’budi, taka qiyofasidagi Dionisga bag‘ishlangan ma-
rosimlar asosida maydonga kelgan. Afsonalarda hikoya qilinishicha, 
Dionis Zevs bilan Semela degan qizdan tug‘ilgan. Dionis o‘zining 


60
odamsifat, ammo dumdor, echki tuyoq hamrohlari – satirlar bilan 
birga dunyoni kezib yurgan paytlarida, insonning og‘ir va g‘amgin 
hayotini ko‘radi-da, odam bolasini baxtiyor va xushnud qilish ni-
yatida, ma’budlar taomi amvroziyani keltirib bermoqchi bo‘ladi. 
Ma’budlar buni sezib qolgach, Dionis amvroziyani yerga ko‘mib 
qochadi.  Birmuncha  vaqtdan  so‘ng  bu  yerda  tok  navdalari  unib 
chiqadi, uning mevalari odamlarga baxt va shodlik keltiradi. Bun-
dan qahrlangan Zevs, o‘g‘lini Olimp tog‘idan badarg‘a qiladi. yerda 
Dionis og‘ir musibatlar chekib, vafot etadi. O‘g‘lining o‘limidan 
so‘ng Zevs uning gunohlaridan kechib, Dionisni ma’budlar qato-
riga qabul qiladi. Dionis odamlarga har yili ikki marta o‘z sharafiga 
bayram o‘tkazishni vasiyat qiladi. Shundan e’tiboran Dionis hosil-
dorlik, may, shodlik va sarxushlik rahnamosi bo‘lib qoladi. Ularga 
bag‘ishlangan  maqtov  qo‘shiqlar  –  difiramblarni  kuylovchi  xorga 
shoir Fespis birinchi akterni qo‘shgandan so‘ng u dramatik janrga 
aylandi.  Tragediya  prolog  (ekspozitsiya)dan  boshlangan  va  orx-
estrga xor chiqib, tomoshabinlarga voqeaning mohiyatini aytib ber-
gan.  Shundan  keyin  dialogik  qismlar  –  akterning  korifey(xorning 
rahbari)  bilan  yoki  ikki-uch  akterning  suhbatlari  bilan  davom  et-
gan va “eksod”(xotima) bilan yakunlangan. Aristotelning yozishi-
cha, tragediya “trago” va “oide” so‘zlaridan kelib chiqib, “taka 
qo‘shig‘i”ma’nosini anglatadi. Yunon shoir-dramaturglari, jumladan 
– Esxil, Sofokl, Yevripidlar ham o‘z tragediyalarini xudolar va qah-
ramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan 
edilar. 
Bayramlardagi  hushchaqchaq  hazillardan  “comos”  va 
“oide”(komediya),  ya’ni  masxarabozlar  qo‘shig‘i  paydo  bo‘lgan. 
Keyinroq tragediya va komediya o‘rtasida “satirlar dramasi” shak-
llandi. Bu janrning ijodkori m.o. V asrda yashagan shoir Pratim hi-
soblanadi.
Dramaning barcha turlari diniy marosimlardan paydo bo‘lganligi 
sababli, qadimgi yunonlar bularning barchasiga yuksak e’tiqod bi-
lan qaraganlar. Teatr tomoshalari davlat tasarrufidagi muhim siyosiy 


61
hamda tarbiyaviy tadbirlardan biri sanalgan. Ikkinchidan, Dionisiy 
marosimlari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ushbu tomoshalar yiliga 
uch marotaba o‘tkazilgan va bir necha kun davom etgan. Yunonlar 
bu marosimlarga shunchaki bir ermak deb emas, balki muhim diniy 
bayram deb qaraganlar. Qadimgi Yunonistonda barcha o‘yinlar sin-
gari, teatr tomoshalari ham musobaqa shaklida o‘tkazilgan. Tragedi-
yanavis shoirlar mazmunan bir-biri bilan bog‘liq 3 ta tragediya va 1 
ta satirlar dramasini hakamlar hay’atiga taqdim etganlar. Komediya-
nivis shoirdan faqat bitta asar talab etilgan.
Yunon adabiyotining barcha janrlari kabi, tragediyaning mavzu-
lari ham asosan mifologik afsonalardan olingan. Agarda dastlabki 
davrlardan bu mavzular Dionis haqidagi rivoyatlar bilan bog‘liq 
bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik shoirlar boshqa ma’budlar va qahra-
monlar  haqidagi  afsonalarga  murojaat  qila  boshlaganlar.  Biroq, 
shu  bilan  birga,  tragediya  mualliflari  mavzu  tanlaganlarida  ham, 
faqat zamona talablariga hamohang miflarni olib, ularni birmuncha 
o‘zgartirib, moslashtirib, shular misolida o‘z davrlarining muhim 
masalalarini hal etishga intilganlar, mifologik qahramonlarning 
kurash va to‘qnashuvlari, ularning xatti-harakatlari o‘sha davr to-
moshabinlari uchun axloq va odobning namunasi, ijtimoiy xulqning 
andazasi sifatida talqin etilgan; ana shu afsonaviy qahramonlarning 
qilmishlari timsolida tragediyanavis shoirlar o‘z zamondoshlarini 
yuksak ma’naviylik, vatanga sadoqat, insoniy burch g‘oyalarida tar-
biyalashni ko‘zlaganlar. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin