98
hamda ular o‘rtasidagi munozara tasvirlanadi. Qo‘shiqning kirish
qismida ritsar qizni tabiat quchog‘ida uchratib unga mulozamat qila
boshlaydi. Qiz ritsarning so‘zlariga ishonib, unga o‘z ixtiyorini top-
shiradi, biroq ritsar uni tashlab ketadi, yoki aksincha, qiz ritsarga
jiddiy zarba berib, uni haydab yuboradi; 6) motam qo‘shig‘i – biron-
ta obro‘li sinor yoki yaqin kishining vafotiga shoirning qayg‘usini
bayon etgan she’rdir.
Trubadurlar lirikasi XII-XIII asrlar mobaynida rivoj topdi. Uning
eng gullagan davri XII asrning oxirlariga to‘g‘ri keladi. Shu davrda
ijod etgan yirik trubadurlardan biri Bernard de Ventadorndir(tax.
1140–1195-yy.). Shoir Bertran de Born(tax. 1140–1215-yy.) ijodida
siyosiy muammolar yoritiladi.
Ritsarlik lirikasida kuylangan sevgi, turmush quvonchlari kurtu-
az-ritsarlik romanining ham asosiy mavzusi edi. Ritsarlik romanida
muhabbat feodal axloqi tamoyillariga bo‘ysunilgan tarzda ko‘tarinki
ruhda, fantastik bo‘yoqlarda tasvirlanadi. Shuningdek, qahramon-
larning ruhiy kechinmalari tasviriga ham alohida e’tibor beriladi.
Ritsar xonimga bo‘lgan sevgisi tufayli jangovar sarguzashtlarga
otlanadi, lekin endi ritsar vatan manfaatini emas, balki o‘z shaxsiy
manfaatini ko‘zlab qahramonlik safarlariga chiqadi.
Kurtuaz-ritsarlik romani ham Fransiyada vujudga kelib, so‘ngra
boshqa yerlarga tarqalgan. U mavzusiga qarab 2 turkumga ajratiladi:
1) antik turkum; 2) breton turkumi. Birinchi turkumga antik man-
balar asos bo‘lib xizmat qilgan (“Aleksandr haqida roman”, “Eney
haqida roman”, “Troya haqida roman”). Ikkinchi – breton turkumiga
esa fantastika va ishqiy voqealarga boy bo‘lgan kelt ertaklari asos
bo‘lib xizmat qilgan (“Artur” yoki “Dumaloq stol” romanlari, “Iven
yoki yo‘lbars ritsar”, “Tristan va Izolda”).
Dostları ilə paylaş: