Fransuz Uyg‘onish adabiyoti Fransuz Uyg‘onish adabiyoti o‘z rivojlanishida Italiyaga xos xu-
susiyatlarga ega bo‘lish bilan birgalikda, farqli tomonlari ham ma-
vjud edi.
Fransuz burjuaziyasi bir qadar ortda bo‘lgani sababli gumanis-
tik xarakatda faol ijtirok eta olmadi. Fransuz Uyg‘onishiga Italiyan-
ing ta’siri katta bo‘ldi. Qirol Fransisk I davrida Italiya renessans
madaniyati faol import qilindi. Qirol (1515–1547) Leonardo da Vin-
chi, Andrea del Sarto, Benvenuto Chellinilarni o‘z saroyiga taklif
qildi. Dante, Petrarka va Bokkachcholarning asarlari tarjima qilindi.
Fransuz gumanistik harakatining atoqli arboblaridan biri qi-
rol Fransisk I ning singlisi Margarita Navarrskaya (1492–1549)
edi. Italyan, yunon, lotin tillarini yaxshi o‘zlashtirgan, ma’rifatli
ayol bo‘lgan Margarita ko‘plab she’r va novellalar yaratgan. Un-
ing mashhur asari “Geptameron” novellalar to‘plami edi. Margarita
Navarrskaya homiyligida faoliyat yuritgan to‘garakda shoir Klemen
Maro, yozuvchi Bonaventura Deperelar faol ishtirok etdilar.