Muhim kasbiy sifatlari
Izlanuvchan, tadqiqotga qiziquvchan, yaxshi xotira, diqqat va eʼtiborlilik, analitik koʻnikmalar, yuqori badiiy did, ogʻzaki nutqning eʼtiborliligi.
Kasbiy oʻsish istiqbollari
Oʻlkashunos, sanʼatshunos, adabiyotshunos, tarixshunos, madaniyatshunos.
Tibbiy monelik
Ogʻir asab va ruhiy kasalliklar, gipertoniyaning kech bosqichlari, yurak faoliyatidagi oʻzgarishlar
4. Davlat va xuquq asoslari fani doirasida kasblar toʻgʻrisida maʼlumot
SUGʻURTALOVCHI
Kasb tipi – Odam-belgi
Sugʻurtalovchi- Sugʻurta kompaniyalari har yili sugʻurta qildiruvchilar tomonidan oʻtkaziladigan sugʻurta javobgarliklarini oʻz zimmalariga oladi. Ushbu sohada sugʻurta biznesining turli masalalari boʻyicha mutaxassislar ishlaydi. Sugʻurtalovchi kompaniyalar va sugʻurta qilinadiganlarni xavfini baholaydilar.
Ish faoliyatining mazmuni.
Sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasi tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun sugʻurta daʼvolari, maslahatchilarning hisobotlari, tibbiy hisobotlar va shu kabi statistik tadqiqotlar maʼlumotlarni tahlil qiladi. Sugʻurtalovchi sugʻurta polisi egalari, agentlari, menejerlari bilan sugʻurta shartnomalarining shartlari yoki bekor qilinishi va boshqa masalalar boʻyicha doimo aloqada turadi, savdo xodimlariga hamrohlik qiladi, muzokaralar olib boradi va kelajakdagi sugʻurta loyihalarini tayyorlaydi.
2. Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar:
Tarix, Davlat va xuquq asoslari fanlari
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi
Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy qoidalarini bilish;
Elektron hujjat aylanishi tizimi faoliyatining umumiy tamoyillarini bilish;
Elektron imzo toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy qoidalarini bilish;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilimlar:
Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish asoslarini bilish;
Shaxsiy kompyuterdan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalar.
Tekshiruvlarning yagona reestri tushunchasi, uni shakllantirish tartibi;
Dostları ilə paylaş: |