Avtomobillarni taʼmirlash texnigi kasbi oliy kasbiy taʼlimni olishni talab etmaydi. Bu kasbni respublikamizdagi kasb-hunar kollejlarida, oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida egallash mumkin.
Kasbning qoʻllanish sohasi
• avtotransport korxonalari;
• transport ustaxonalari;
• oʻquv markaz va majmualari;
• servis stansiyalari va avtomashinalar boshqaruvi;
• gʻildiraklarni almashtirish, balansirovka va taʼmirlash boʻyicha ustaxonalar.
Tibbiy monelik
Tayanch-harakat tizimi kasalliklari, boʻyoq va eritmalarga allergik kasalliklar, koʻrish va eshitish organlari qobiliyatini pastligi.
6. Turdosh kasblar Haydovchi, avtoelektrik, shinomontajchi.
CHILANGAR
Kasb tipi – Odam-Badiy obraz
Chilangar- qadim zamonlardan ruda qazish, rudadan metall olish va metallni qoʻlda ishlash bilan shugʻullanganlar.Ular oʻz turmush ehtiyojlari uchun bronza va temirdan qurol-aslaha, ish qurollari roʻzgʻor va bezak buyumlari yasaganlar. Uzoq davrlar davomida metalldan turli xil buyumlar tayyorlash ishi bilan hunarmand temirchilar shugʻullanib kelganlar.Metallarga qizdirib ishlov beruvchi hunarmandlar temirchilar deb, sovuqlayin ishlov beruvchi hunarmandlar chilangarlar deb farqlanadigan boʻldi.Shunday qilib, chilangarlik mustaqil hunar sifatida temirchilikdan ajralib chiqdi va umumiy texnika taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib kelmoqdi. Ishlab chiqarish tarmogʻi va unda bajariladigan ish turiga qarab chilangarlik kasbi quyidagi ixtisosliklarga boʻlinadi: sozlovchi chilangarlar, yigʻuvchi chilangarlar, asbobsoz, remontchi, santexnika, andozachi elektrik, kavsharlovchi va boshqa ixtisos chilangarlari
1. Ish faoliyatining mazmuni. Mashina va mexanizmlarning alohida detallarini yigʻadi. Chilangar usta materiallarning oʻziga xos xususiyatlarini bilishi kerak.