2. Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar: • barcha chilangarlik ishlarini bajaradi, toʻgʻirlaydi, kesadi, qayiradi, teshadi, turli xil shakllarda oʻlchash;
• oʻzi ishlaydigan materiallarning oʻziga xos xususiyatlarini bilish;
• oʻzi ishtirok etadigan jarayonlarning nazariy asoslarini bilish;
• chilangarlik ishlarini qurilishida bajariladigan temirchilik, elektr yamash va boshqa ishlar bilan judayam bogʻliqligi;
3. Muhim kasbiy sifatlari • mashinaning alohida qismlaridan mexanizmlarni yigʻadi;
• texnologik va asbob-uskunalarni sinab koʻrish,sozlash va oʻrnatish;
• turli xil aniqlikdagi detallarni ishlash boʻyicha chilangarlik ishlarini bajarish;
• maxsus asbob-uskunalarni qoʻllagan holda zanjir va texnikani• remont qilib tuzatish.
4. Kasbning qoʻllanish sohasi • Qurilish ustaxonalari va korxonalari;
• xususiy korxonalar;
• taʼlim kombinatlari;
• boshqa kompaniyalar va tashkilotlar va boshqalar;
• shuningdek, chilangarlar oʻzlarining ishlarini bajarishlari va shaxsiy buyurtmalarni bajarishlari mumkin.
5. Tibbiy monelik • tayanch harakat tizimi kasalliklari;
• koʻrish qobiliyatining pasayishi.
6. Turdosh kasblar • Remontchi-chilangar;
• Santexnik-chilangar;
• Quruvchi-chilangar.
PAYVANDLOVCHI
Kasb tipi – Odam-Tabiat
Payvandlovchi — Santexnik ishlarini bajaradiganlar qanday maʼlumotga ega boʻlishidan qatʼiy nazar maʼlum darajada elektrogaz payvandlash ishlari texnologiyasi tushunchasiga ega boʻlishlari lozim. Ular ish faoliyatida turli ishlarni bajarganda payvandlash texnologiyasini bilishlari kerak.Payvandlovchi usta – payvandlash ishlari texnologiyasini, payvandlash ishlarini bajarish uskunalari va qoʻllaniladigan materiallar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishi lozim. Payvandlash – qattiq materiallarni ajralmas qilib biriktirish usulidir. Payvandlovchi usta bosim ostida va eritib metallarni plastik holatga keltirib biriktiradi, biriktirilgan joyga tashqi kuch taʼsir ettiriladi. Bunday payvandlash mexanik, kimyoviy-mexanik va elektr-mexanik usullariga boʻlinadi. Kontakt payvand, nuqtaviy payvandlash usullaridan ham foydalaniladi. Payvandlovchi har bir usullarni qoʻllagan holda payvandlash ishlarini amalga oshirishi lozim.