Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi


Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar



Yüklə 211,14 Kb.
səhifə75/105
tarix15.10.2023
ölçüsü211,14 Kb.
#130286
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida fan predmetlari

2. Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar:
• Ish joyida qoʻllaniladigan asboblar, moslamalarni texnik nazoratdan oʻtkazish. Texnika xavfsizligi va ularga qoʻyiladigan talablarga rioya qilish;
• maxsus asbob-uskunalar bilan ishlash;
• qalamni toʻgʻri ishlatish, ranglarni toʻgʻri tayyorlash, moʻyqalamni toʻgʻri ushlash, texnika xavfsizligi boʻyicha meʼyoriy talablarga rioya qilish;
• loyihalarni bajarish jarayonidagi kerakli asbob-uskunalar: maxsus stol, planshet, reysshina, metall va yelim chizgʻichlar, lekalolar, turli uchburchak chizgʻichlar, maxsus qalam va moʻyqalamlar, pechka, maxsus qogʻoz va kalka qogʻozi, bolgʻa, ombur turlarini bilish va ular bilan ishlashni bilish;
• maxsus boʻyoqlar: angop, glazur, akril bilan ishlashni bilish. Texnika va xavfsizlik qoidalari boʻyicha umumiy maʼlumotlarni bilish;
• madaniy-maishiy sanoat buyumlari: koʻza, lagan turlarini yasab, ularga badiiy bezak ishlarini bajarish;
3. Muhim kasbiy sifatlari
• kompozitsiyani toʻgʻri yaratish;
• loyihani chizish;
• kompozitsiyani toʻgʻri joylashtirish;
• kulolchilik buyumlarini tayyorlash, ularni bezatish;
• berilgan topshiriqqa muvofiq, talab darajasida bajarish;
• bezatish jarayonida usullarni toʻgʻri tanlash, kamchiliklarni aniqlash, ularni
qayd qilish va bartaraf etish;• mijoz talabiga mos dizayn yarata olish;
• chinni va kulolchilik buyumlariga naqshlar tushirish;
• mahsulotlar tayyorlay olish;
• zamonaviy texnika vositalardan toʻgʻri foydalanish;
• respublikamizda mavjud chinni va kulolchilik maktablari ishlaridan foydalanish;
• asbob uskunalardan toʻgʻri foydalanishni taqozo etadi.
• texnika xavfsizligi va sanitariya-gigiyena qoidalari. Loy turlari va boʻyoq turlari bilan ishlash qoidalariga amal qilish, maxsus asbob uskunalar va anjomlar boʻlishi talab etiladi
• tasviriy va meʼmoriy sanʼat tarixini bilish, loyihalashni bilish; kimyo va ashyoshunoslikda: buyumni yasashda kimyoviy tarkibini va boshqa holatlarini, buyumga mos loy turini tanlash, yelim turlari, jilvir turlari va jilvir yordamida buyum yuzalarini tekislash, loyga shakl berish va silliqlash, boʻyoq turlari, yaʼni, guash, tempera, akril, angob, glazur bilan ishlash, lak turlari bilan ishlash, moʻyqalam turlarini toʻgʻri tanlash, buyum yuzasidagi naqshlarni bosqichlar asosida zamini, guli, bargi, boftasi, novdalarini turlash, maxsus elaklar, maxsus maydalagich, maxsusvannalar, loyni massani zichlashda ishlatiladigan kompressor moslamalari haqida bilish;
• loy turlari: kalin, shamot, gulvata qizil loylar haqida bilish talab etiladi

Yüklə 211,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin