3. Muhim kasbiy sifatlari • koʻz bilan fazoviy toʻgʻri oʻlchamni ola bilish;
• qoʻlning qoʻrqmasligi;
• kuzatuvchanlik;
• estetik xis etish qobiliyatiga ega boʻlish;
• badiiy ijodkorlikka ega boʻlish;
• ijodiy tassavvurga ega boʻlish;
• xissiy barqarorlik;
• muloqatchanlik fazilatlari.
4. Kasbning qoʻllanish sohasi • bino obyektlari;
• sanoat korxonalari,fabrikalar va boshkalar;
• qurilish tashkilotlari,taʼmirlash-qurilish va kommunal xoʻjaligi.
5. Tibbiy monelik • boʻyoqchi uchun tibbiy cheklovlar:
• asab tizimi;
• yurak — kon tomir tizimi kasalliklari;
• allergiyaning turli shakllari (chang);
• jismoniy cheklovlar(xarakatlanish cheklovlar);
• mushaklar-skelet tizimining funksiyalarini buzilishi;
• xarakatlarni muvofiqlashtirish;
• oʻpka,teri kasalliklar;
• boʻgʻimlar revmatik kasalliklari.
6. Turdosh kasblar • plitka-fasadchi,
• plitka mozaikchi,
• rassom,
• suvoqchi
BICHUVCHI Kasb tipi – Odam-texnika
Bichuvchi-Bichuvchilik kasbi “Odam – Badiiy qiyofa” turiga kiradi, chunki badiiy mahsulotlarni (liboslarni) yaratish, dizaynlash, modellashtirish bilan bogʻliq.
Shuningdek, u “Odam – Belgi” turiga ishora qiladi, chunki u qoʻl ishi bilan ishlashni hamda jadval, chizma va diagrammalarni oʻz ichiga oladi
Bichuvchining kasb — hunarlari “ijrochilar” sinfiga tegishli boʻlib, u maʼlum bir chizma asosida andozalar bilan ishlash, mavjud qoidalarga, koʻrsatmalarga rioya qilish bilan bogʻliq
1. Ish faoliyatining mazmuni. Bichuvchi xizmat-koʻrsatish sohasida usta boʻlib, shaxsiy buyurtmalarini libos tuzilishiga asoslanib bichadi.
• bichuvchi faoliyatidagi asosiy narsa — kiyim modellarini andozalarda oʻqib, ularni amalga oshirish uchun qanday konstruktiv vositalarni qoʻllashni tushunishdir.
• mijozdan oʻlchovlarni olish;
• mijozning istaklarini aniqlash va uslubning tanlangan versiyasini eskizda koʻrsatib berish, buyurtma pasportini tuzish;
• konstruksiyasini tayyorlash, modellashtirish,
• ishchi va namunaviy yordamchi andozalarni tayyorlash,
• mato boʻyicha namunaning maketini tadbiq etish;
• andozalarning juftligini matoga ratsional joylashtirish va bichish;