2. Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar: • ish joyida qoʻllaniladigan asboblar, moslamalarni texnik nazoratdan oʻtkazish. Texnika xavfsizligini, ularga qoʻyiladigan talablarga rioya qilish;
• maxsus asbob-uskunalar bilan ishlash: qalamni toʻgʻri ishlatish, ranglarni toʻgʻri tayyorlash, moʻyqalamni toʻgʻri ushlash texnika xavfsizligi boʻyicha meʼyoriy talablarga rioya qilish• loyihalarni bajarish jarayonidagi kerakli asbob-uskunalarni: maxsus stol, planshet, metall va yelim chizgʻichlar, lekalolar, turli uchburchak chizgʻichlar, maxsus qalamlar, maxsus moʻyqalamlar, maxsus qogʻoz va kalka qogʻoz turlarini bilish va ular bilan ishlashni bilish;
• maxsus boʻyoqlar bilan ishlashni bilish.
• texnika va xavfsizlik qoidalari boʻyicha umumiy maʼlumotlarni bilish.
• yengil sanoat mahsulotlari: mavzuli gobelen va gilam tayyorlash va unga badiiy bezak ishlarini berish. Maxsus gilam dastgohi, bigiz asbobi, mato va ip turlari. Mato va ip turini toʻgʻri tanlash, bigizni toʻgʻri ushlash, gilam ishini tekis toʻqish. Mato va ip turlari haqida bilish, Badiiy toʻqimachilik texnologiyasini bilish. Gilam qismlarini toʻqishni bilish.
3. Muhim kasbiy sifatlari • qoʻl mehnatiga moyillik;
• hizmat koʻrsatishga moyillik;
• ijodiy faoliyatga moyillik;• aniqlik;• qatiyatlilik;• oʻz ishini yaxshi koʻrishi;• sabr-toqat;
• gʻoyali fikrlash
4. Kasbning qoʻllanish sohasi • korxonalarda gobelen mahsulotlarini bezatish loyihalarini yaratish, dizaynerlik faoliyatini olib borish;• badiiy ustaxonalarda;
• xususiy firmalarda;
• gobelen mahsulotlarini bezatish ishlarini bajaradigan kichik yoki katta korhonalari uchun xizmat koʻrsatish va hunarmandlik uyushmasiga aʼzo boʻlgan holda yakka tadbirkorlik faoliyatini yuritish;
• yoshlar ijodiyoti markazlarida toʻgarak rahbari;
• respublika va xalqaro koʻrgazmalarda oʻz ishlari bilan qatnashishi mumkin
5. Tibbiy monelik • Koʻrish faoliyatining oʻta pastligi;
• Tayanch harakat tizimi kasalliklari;