6. Turdosh kasblar Sanʼat uyushmalariga aʼzo boʻlib, badiiy ijodkor, hunarmand. gobelen mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kichik korxona rahbari.
MILLIY TAOMLAR OSHPAZI
Kasb tipi – Odam-odam
Milliy taomlar oshpazi - Oshpaz kafe, restoran, oshxona, bufet, bar va boshqa umumiy ovqatlanish joylari shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, qandolatchilik doʻkonlarida faoliyat yuritishi mumkin.Ular retseptga mos turli xildagi taomlar va konditer maxsulotlari tayyorlaydilar. Oshpaz taomlarning sifati saqlash qoidalari hamda sanitariya va gigiyena talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.
1. Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar: 1. Milliy va xorijiy taomlar oshpazi
2. Bolalar va parhez taomlar oshpazi
3. Qandolatchi
4. Novvoy
2. Muhim kasbiy sifatlari • Xizmat koʻrsatish ishlariga moyillik;
• Diqqatni jamlay olish qobiliyati;
• Tabiat mahsulotlari (meva va sabzavotlar) bilan ishlashga moyillik;
• Estetik did va kuchli xotira;
• Ozodalik, maʼsuliyat, tashkilotchilik;
• Qoʻl mehnatiga moyillik;
• Jismoniy chidamlilik;
3. Kasbning qoʻllanish sohasi • Mahsulotlarga ishlov berish va turli milliy taomlar tayyorlash talablarini;
• Xom ashyo va mahsulotlariga dastlabki ishlov berish usullarini, yarim tayyor mahsulotlarini tayyorlash;
• Goʻsht, parranda,baliq,sabzavot,yorma va boshqa mahsulotlarni taom tayyorlash uchun mexanik ishlovini berish yoʻllarini bilish;
• Milliy taomlarga bezak berish va tarqatishni;
• Xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi hamda sanitariya-gigiyena qoidalarini bilishi va rioya qilish;
4. Tibbiy monelik • Turli moylar, aromatizatorlar, ziravorlarga qarshi reaksiyasi;
• Issiq va sovuqqa tasirchanlik;
• teri kasalliklari;
• taʼm bilish tizimi buzilishi;
• tomir varikozi;
• tayanch- harakat apparatining buzilishi;
• Nevroz kasalliklari.
• Pazandachilik asoslari;