2. Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar: • pishirish asoslari;
•har xil idishlarni tayyorlash va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashga qoʻyiladigan talablar;
• parhez ovqatlanishni tayyorlash tamoyillari;
•taom tayyorlash va bezash uchun retseptlar va boshqalar. Malakali oshpaz quyidagilarga qodir boʻlishi kerak:
• oshxona anjomlari bilan ishlash;
• retseptlar boʻyicha ovqat tayyorlash;
• turli xil mahsulotlar bilan ishlash va h.k.
3. Muhim kasbiy sifatlari • xizmat koʻrsatish ishlariga moyillik;
• diqqatni jamlash qobiliyati;
• tabiat obyektlari bilan ishlash tendensiyasi;
• qoʻl mehnati tendensiyasi;
• jismoniy chidamlilik;
• ijodiy ish uchun moyillik.
4. Kasbning qoʻllanish sohasi • umumiy ovqatlanish korxonalari;
• kafe, restoran, oshxona;
• oʻquv va ishlab chiqarish korxonalari va boshqalar.
5. Tibbiy monelik • tayanch-harakat tizimi kasalliklari;
• asab tizimi;
• yurak-qon tomir tizimi;
• koʻrish, hidlash organlari;
• immunitet tizimi;
• allergiyaning turli shakllari (xususan, ovqatga);
• turli yuqumli kasalliklar (masalan, sil kasalligi).
6. Turdosh kasblar • oshpaz-texnolog
• novvoy;
• qandolatchi
PARDA TIKUVCHI
Kasb tipi – Odam- badiiy qiyofa Parda tikuvchi- Parda tikuvchi parda tikish ustasi hisoblanadi. Parda tikuvchi parda tikish vaqtida nafaqat estetik qiyofasini, balki mahsulotning amaliyligini ham inobatga oladi.
Koʻp sonli atelyelar, ustaxonalar va fabrikalarda bir yoki bir nechta professional parda tikuvchilar mavjud. Bundan tashqari, tajribali mutaxassislar koʻpincha oʻzlari uchun ishlaydi, assistentlarni yonlaydi va ularni oʻqitadi. Parda tikuvchilar ijodiy odam boʻlib, qoʻl ishi uchun asbob uskunalar, uneversal mashina maxsus mashina, yarim avtomat mashina, dazmol presslar bilan ishlash qobiliyatiga ega boʻlishi zarur.