5. Kasb egallash yoʻllari
professional taʼlim muassasalari
9-11 – sinflar asosida qurilish materiallari, oʻquv markazlari va qurilishni boshqarish markazlari.
ZARDOʻZLIK
Kasb tipi – Odam – Badiiy obraz
Zardoʻzlik– amaliy bezak sanʼatining keng tarqalgan qadimiy turi boʻlib, zar ip va igna moʻjizasidan yaraladigan, jozibadorlikni mujassam etgan, ranglar aralashmasi asosida yaralgan betakror sanʼat asaridir.
1. Ish mazmuni va ish sharti
Xalq amaliy sanʼati kishilarning maʼnaviy olamini boyitish, badiiy didini shakllantirish, madaniy darajasini yuksaltirish katta ahamiyatga ega boʻlib, yosh avlodga zardoʻzlik sanʼati sir asrorlarini oʻrgatish orqali ularning estetik didini, madaniy darajasini yanada yuqori bosqichga koʻtarishga erishish vazifasi, hamda ushbu maqsadlar yoʻlida yoshlarning badiiy taʼlim olishlari, bu sohada zarur bilim va axloqiy tarbiya berish, mehnat koʻnikma va malakalarni rivojlantirish vazifalari eʼtiborda turadi.
Ish sharti.
tikiladigan har bir buyum uchun alohida andoza tayyorlash va bichish;
naqsh tanlash;
badiiy kompozitsiya yaratish;
axta va xoka yordamida kartonga naqsh tushirish;
naqsh gullarini tuyaboʻyin qaychi yordamida kesib olish;
kartonni yuziga sariq boʻz yopishtirish;
korchoʻpga boʻz tortish;
tortilgan boʻz ustiga tikiladigan buyum uchun bichilgan gazlama qoʻyib, surilib ketmasligi uchun tikib chiqish;
gazlama ustiga tayyorlangan gul naqshini joylashtirish;
zar ipni toʻrt qavat qilib patilaga yaʼni zar ip oʻraydigan choʻpga oʻrash;
kartondan kesilgan gullar ustidan tikib chiqish;
gullar tikib tugatilgandan soʻng, bezash ishlari bajarish;
Dostları ilə paylaş: |