Tahlil qilishga oid biluv topshiriqlari: 1) matnni o‟qib, gaplarni uch guruhga ajratib yozish usulini tushuntiring; 2) gaplarni o‟qib, bosh va ikkinchi darajali bo‟laklarini ko‟rsating; 3) gapni o‟qib, bosh va ikkinchi darajali bo‟laklarini aniqlang; 4) bahor to‟g‟risida gap tuzib, uning bosh va ikkinchi darajali bo‟laklarini so‟roqlar vositasida ko‟rsating va sh.k.
Qaytaqo’shishgaoidbiluvtopshiriqlari: 1) to‟rtta gap bеrilgan. Ularni mazmuniga ko‟ra qayta qo‟shib chiqsangiz nеchta gap hosil bo‟ladi: Bahor kеldi. Izg‟irin boshlandi. Daraxtlar kurtak chiqardi. Hammayoq oppoq kiyimga o‟randi;
o‟ng tomondagi gaplardan mosini chap tomondagi gaplar bilan qo‟shib, uchta kichik matn tayyorlang.