5
1-MAVZU TURK XOQONLIGI DAVLATINING
BOSHQARUVI, HARBIY VA SIYOSIY TARIXI
Reja:
1. Turk xoqonligi davlatinig siyosiy tarixi.
2. Ashiniylar sulolasi davrida
davlat boshqaruv tizimi.
3. Mahalliy boshqaruvdagi mansab va unvonlar.
4. Turk xoqonligining harbiy san’ati.
5. Harbiy unvonlar va mansablar.
6. Turk xoqonligi hukmdorlarining hukmronligi yillari.
Tayanch iboralar:
Turkash, Tumin, Qam, shad, Feofan Vizantiyskiy, suboshi, Bilga
xoqon, Oltoy, dehqo,
malikshoh,
xorazmshoh, ixrid, xudod, afshin,
budun, tele, turk el, H.Kononov.
Turk xoqonligi davlatinig siyosiy tarixi
VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Janubiy Sibir va Shimoliy
Mongoliya ya’ni, Oltoy hududlarida turkiy qabilalar ittifoqi shakllana
boshlaydi. VI asrning oxirlarida yashagan vizantiyalik tarixchilar
Menandr Protektor, Feofan Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi Ionna
Efessiylarning tarixiy asarlarida turklar haqida ma’lumotlarga egamiz.
“Turk” so’zining ma’nosi kuchli, mustahkam deganidir. A. H.
Kononovning fikricha, bu yig’ma nom bo’lib, keyinchalik qabila
birlashmasining etnik nomiga aylangan.
1
Ta’kidlash joizki turk atamasining ilk marotaba tilga olinishi 542-
yilga to’g’ri keladi. Turli manbalarda turklar “turk el”, “turk”,
“turkash”, “tukdus”, “tuk-yut” kabi nomlar bilan tilgan olinadi. Kuchli,
baquvvat, botir kabi ma’nolarni anglatuvchi “turk” atamasi dastavval
etnik xususiyatga ega bo’lmay ijtimoiy ma’noga ega bo’lgan.
Turklarning kelib chiqishi xususida ko’plab afsonalar mavjuddir.
2
Ayrim afsonalarda turklarning kelib chiqishi Nuh payg’ambarga borib
taqalsa, ayrimlarida ular o’n yashar bola va ona bo’ridan tarqalganligi
ta’kidlanadi. Yana boshqa bir afsonaga ko’ra, turk qabilasining
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.153.
2
Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.141.
6
ajdodlari Oltoyning shimoliy yonbag’irlarida joylashgan So viloyatidan
kelib chiqqan bo’lib, bu yerdagi qabila boshlig’i Abanbu ularning ilk
yo’lboshchisi bo’lgan.
Tarixiy manbalar ma’lumotlariga ko’ra, Turk xoqonligining
paydo bo’lishi 551-552-yillarga to’g’ri keladi. Dastavval, turklarning
Ashin urug’idan bo’lgan Asan (Asyan, Asyan-shod) va Tuu turkiy
qabilalar ittifoqiga asos soladilar.
1
Tuuning o’g’li Bumin (xitoycha
Tumin) qo’shin Tele qabilasini o’ziga bo’ysundirib
ancha kuchayishga
muvaffaq bo’ladi. Bu paytga kelib anchagina mustahkamlangan Bumin
boshchiligidagi qabilalar ittifoqi Oltoydagi o’zlari qaram bo’lib turgan
jujan (juan-juan) lar qabilalariga qarshi kurash boshlab 551-yilda
(ayrim adabiyotlarda 552-yilda) ularni tor-mor etadilar. Mana shu
davrdan boshlab turkiy hukmdorlar o’zlarini jujanlar egallab turgan
yerlarning haqiqiy egalari hamda jujanlarning mavqei va kuch-
qudratinig vorislari sifatida Anaguy xoqon (qag’an) unvonini qabul
qiladilar. Jujanlar hukmdori Anaguy joniga qasd qilib o’zini o’ldiradi.
551-yilda Bumin Turk elining xoqoni sifatida oq kigizga
o’tkazilib ko’tariladi. Ammo, 552-yilda Bumin to’satdan vafot etib
uning o’rniga ukasi Istami taxtga o’tiradi. 553-yil kuzida-jujanlar uzil
kesil tor-mor keltiriladi.
2
Istami xoqon O’rta Osiyo, Volga va Shimoliy
Kavkaz yerlari uchun kurash olib borgan bo’lsa, uning o’g’illari
Mug’an xoqon va Taspar xoqonlar Markaziy Osiyo va Janubiy Sibirda
o’z hukmronliklarini o’rnatadilar. Bu paytga kelib turklarning ashaddiy
dushmani bo’lgan jujanlarning kichik bir qismi Koreya va Shimoliy
Xitoyga joylashadi, yana bir qismi esa g’arbga joylashib avarlar nomini
oladi. 563-567-yillar efalitlarni tor-mor qilgandan so’ng O’rta Osiyo
xalqlarinining siyosiy jihatdan birlashuvi to’xtadi. Lekin xoqonlik
xalqlari O’rta Osiyoni o’ziga bo’ysundirsa ham o’zlari dashtda
qolishdi. Amudaryo bo’yida turklar eftaliylar imperiyasini egallash
niyatida yurgan Xusrav Anushervon boshchiligidagi eron qo’shinlariga
duch keldi.
3
Avvaliga munosabati yaxshi edi. Hatto Xusrav turk
malikasiga o’ylandi. Ammo 565-yili Mug’anxonning amakisi Istami
eftaliylar qo’shiniga qaqshatqich zarba berdi. Turklar eftalitlarni tor-
1
Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.142.
2
Гумилев.Л. Қадимги Турклар. -T.: “Фан”, 2007. -Б.39.
3
Асқаров.A. Ўзбекистон халқлари тарихи. -T.: “Фан”, 1992. -Б.64-65.
8
Farg’ona hokimlarining arablarga qarshi kurashida qatnashadi. 740-
yillarga
kelib Turk xoqonligi ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarga duch
keladi. Bilga xoqonning o’g’illari hukmronligi davrida xoqonlik
zaiflashadi. 742-744-yillarda uyg’ur, qarluq va basmil qabilalari
birlashib, xoqonlikka hujum uyushtirishadi. 745-yilda ittifoqchilar Turk
xoqonligining so’nggi hukmdori Baymey xoqonni o’ldirishadi va
xoqonlik taxti uyg’urlar qo’liga o’tadi.
1
Dostları ilə paylaş: