O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Ovqatlanish instinkti
- hayvonlarning o’zi va bolasi uchun ovqat qidirib topish
ovqat g’amlash harakatlaridir. 
Himoyalanish instinkti
- hayvon o’z hayotini va omonligini saqlash 
harakatlarida ifodalanib, u ikki ko’rinishda sodir bo’ladi. Birinchisi dushmanga 
hujum qilish, ikkinchisi o’zini himoya qilishdir. har bir hayvon dushmandan 
himoya qilish uchun biror organidan shoxlari, tuyoqlari, tish-tirnoqlari, tikanlari 
kabi yoki zaharli-qidli suyuqlikdan foydalanadi. Masalan, Afrika kobrasi o’z 
zahrini 3,5 metr masofagacha ota oladi. Amerikada terisining usti qora jun bilan 
qoplangan uncha katta bo’lmagan bir yirtqich hayvon yashaydi. U amalda barcha 
turdagi yirtqich hayvonlarning hujumidan saqlangandir. hayvonlar uni orqasidagi 
uzun chiziqidan tanib oladi. Bu hayvon skuns deb ataladi. Tabiat skunsga bir bezni 
ato etganki, u benihoya zaharli, hidli suyuqlik tarqatadi. Salgina xavf tug’ilishi 
bilanoq, skuns dushmaniga orqasini o’girib, dumini ko’taradi va havoga suyuqlik 
purkaydi. Natijada eng katta yirtqichlar ham bir necha soat davomida "qushidan 
ketib qoladi". Amerika qit'asidagi barcha hayvonlar skunsni chetlab o’tishga 
harakat qiladilar. Bu hayvonni yangi iqlimga moslashtirishga qaror qilinib, yosh 
hayvonlarni oldiniga o’ralgan maydonda saqlashdi. Yirtqichlarni parvarish qilishda 
xizmatchilar qiynalmas-liklari uchun hayvonlardagi mumak bezlari olib tashlandi. 


29 
Erkinlikka qo’yib yuborilgan skunslar o’rmonlarda bemalol yurishardi. Skunslarga 
hujum qila boshlanganida, ular qochmasdan, orqalarini o’girib turishaverdi va 
dushmanlarining yengilgina o’ljasiga aylanishdi. Shundan keyin, skunslarning 
bezlari kesib tashlanmay, ularni boqishning boshqa usullari topildi. 
Nasl qoldirish instinkti
- bu ota-onalik instinkti sifatida ko’rinib, nasl - 
avlod uchun g’amxo’rlik qilish, uni ma'lum vaqtgacha ovqat bilan ta'min etish, 
xavf-xatardan saqlash o’z bolalarini parvarish qilish tug’ma mahoratiga ega bo’lib, 
o’z naslining kelajagi haqida g’amxo’rlik qiladi. Jumladan, o’rgimchakning ba'zi 
turlarida urg’ochilari o’z tuxumi uchun tolalardan pillalar yasaydi. Bu pillani 
urg’ochi o’rgimchak qo’riqlab va tez-tez ko’chirib yuradi, o’rgimchak bolalari 
paydo bo’lishi bilan urg’ochi o’rgimchak uyalarini yonidan siljimasdan qo’riqlab 
turadi. Nasli kattalashgani sari urg’ochi o’rgimchak ham ularga shuncha befarq 
bo’la boradi va so’ngra esa o’rgimchak bolalari mustaqil harakat qiladigan bo’lib, 
qolgandan keyin ularni tashlab ketadi.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin