O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə352/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Tayanch iboralar 
Genotip
(yunon. Genos - kelib chiqish, typos - namuna) - ota - onadan 
farzandga o’tadigan genlar majmui, irsiy asosi.
Dinamik stereotip
(yunon. dynamikos - kuchli, stereos - qattiq tipos - iz) - 
bosh miya katta yarim sharlarining faoliyatini yaxlitlab turish turi bo’lib, u shartli 
reflekslarning ketma-ketligini ta'minlab turadi.
Introversiya -
shaxsning o’z fikrlari, sezgilari, kechinmalarining o’z-o’ziga 
tayanishi.
Milliy xarakter
(yunon. charakter - xususiyat, belgi) - biror bir millatga xos 
xususiyatlar.


310 
Milliy sterotip
(yunon. Stereos - qattiq typos - iz shakl) - ma'lum illatning 
obrazi bo’lib, u o’zida o’sha millatga xos shaxs xususiyatlari, madaniyati, xulq - 
atvorini namoyon qiladi.
Fenomen
(yunon. phainomenon - yuz beruvchi, sodir bo’luvchi) - his-
tuyg’ular tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi tushuncha;
Fiziognomika 
(yunon. physis - tabiat, gnomon - biluvchi) - insonning tashqi 
ko’rinishi va uning biror shaxs turiga mansubligi o’rtasidagi qatiy bog’liqlik.
Xiromantiya
(yunon, cher - qo’l, man - fol) - odamning kaftiga qarab uning 
xarakteri, taqdiri bo’yicha fol ochish.
Xarakter 
(yunon. charakter - xususiyat, belgi) - kishidagi barqaror psixik 
xususiyatlarning individual birligi. U shaxsning mehnatga, atrofdagi narsa va 
hodisalarga, boshqa kishilarga va o’z -o’ziga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadi.
Xarakter aksentuatsiyasi
(yunon. charakter - xususiyat, belgi, lot. accentus 
– urg’u) - xarakterning alohida xususiyatlarini haddan tashqari ifodalanishi 
(psixopatiyaga yaqin namoyonlashuvi).
Ekstraversiya
(lot. Extra - haddan tashqari, verso - o’zgarish) - shaxsning 
tevarak - atrofdagi odamlarga, tashqi hodisalarga yo’nalishi.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin