327
nihoyat, muayyan fonni yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish kerak. Hamma
qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyati-kuzatuvchanlik ko’ra bilish
ko’nikmasidir. Uning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. A.G.Kovalyov
yordamchi xususiyatlar
qatoriga xotirani kiritadi, u faoliyat talablariga muvofiq
ravishda o’ziga xos ko’nikishga ega, emosional ya'ni his-tuyg’uga beriluvchanlik
xususiyati shaxsning faolligini oshiradi.
Muallifning ta'kidlashicha, ilmiy mavhumlash qobiliyatning quyidagi
darajasini farqlash imkonini beradi, reproduktiv aks ettirish darajasi
va ijodiy aks
ettirish. o’z qobiliyati rivojlanishining birinchi darajasida turgan shaxs bilimlarni
juda mohirlik bilan o’zlashtiradi, faoliyatni o’rganib oladi va uni biror namuna
orqali amalga oshiradi. Ikkinchi darajada turgan inson esa yangilik yaratishga qodir
bo’ladi. Psixologiya fanida qobiliyat to’g’risida fikr ketganda uchta konsepsiya
mavjudligi ta'kidlanadi. A.G.Kovalyov
asarida bayon qilinishicha, ulardan biri,
qobiliyat shaxsning biologik jihatdan determinlashgan, ya'ni biologik jihatdan
bog’langan xususiyatlaridir qobiliyatning ro’yobga chiqishi va rivojlanishi esa
tamomila irsiy fondga bog’liq deb tushuntiriladi. XIX asrda F.Galton
XX asrda
Kotslar talant irsiydir, faqat imtiyozli tabaqalarning vakillarigina boy irsiy merosga
ega bo’ldilar, degan xulosaga keldilar.
Ikkinchi konsepsiyaning vakillari qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning
ijtimoiy sharoiti belgilaydi, deb u?tiradilar. Masalan, Gelvesiy o’z davrida tarbiya
yordamida geniy yaratsa bo’ladi, degan edi. Amerikalik olim U.Eshbi insonning
qobiliyati yashab turgan davrida stixiyali ravishda o’zidan o’zi va ongli tarzda
ta'lim-tarbiya jarayonida shakllanadi, shularning natijasi o’laroq
masalalarni
yechish uchun tegishli dastlabki rejalar va dasturlar vujudga keladi. Fiziolog
olimlar miyaning tuzilishida individual xususiyatlar bo’lsa, bu qol miyaning
funksiyalarida o’z aksini topmasligi mumkin emas, deb qayd qiladilar.
A.G.Kovalyov
ta'kidlashicha,
qobiliyatning
uchinchi
konsepsiyasi
tarafdorlari ancha noto’g’ri pozisiyada turadilar. So’nggi nazariyada talqin
qilinishicha, tabiiy kuchlar, zehn nishonalari va qobiliyatning
rivojlanishi uchun
qulay ijtimoiy sharoit mavjud bo’lishi kerak. Muallif zehn nishonalari deganda,
anatomik-fiziologik
xususiyatlardan ko’ra, ko’proq psixologik-fiziologik
xislatlarni tushunish kerakligini uqtiradi. Zehn muayyan bir faoliyatga (maxsus
qobiliyat) yoki hamma narsaga nisbatan ustuvor qiziquvchanlikda (umumiy
qobiliyat), moyillikda va intilishda ko’rinadi.
A.G Kovalyov Edikson fikriga asoslanib ("bunda faqat 1 foizgina geniy
bo’lsa, 99 foiz ter to’kish bo’lgan"), hamma buyuk kishilar bag’oyat
mehnatsevarlikka va katta ishchanlikka ega bo’lganlari holda hatto nerv tizimi
tabiiy kuchsiz bo’lsa-da, sub'ektiv ravishda
yutuqlarini qobiliyatdan emas, balki
mehnatdan deb baholaganlar.
A.G.Kovalyovning ta'rificha, adabiy ijodga qobiliyat shaxs iste'dodining
badiiy tipiga tegishli bo’lib, badiiy tipdagi qobiliyatning hamma ko’rinishlaridan
uni ajratib turadigan o’ziga xos sifatlarga ham egadir. Uning ta'kidlashicha,
umuman qobiliyat va xususan adabiy ijodga xos qobiliyat murakkab bo’lib, uning
tuzilishida har xil xususiyatlar yoki tarkiblar mavjud. Bu jabhalarning biri etakchi,
boshqalari tayanch xususiyatlar, uchinchilari esa sermahsul faoliyat uchun zarur
328
bo’lgan muayyan bir fonni tashkil qiladi. Adabiy qobiliyatda uch tomonni
mujassamlashtirish
muhim ahamiyatga ega, ya'ni o’tkir kuzatuvchanlik, kuchli
ijodiy tasavvur, til vositasida ko’rgan va ravshan tasavvur etgan narsalarni tasvirlay
olish.
Muallif mulohazasiga ko’ra adabiy qobiliyatning tayanch xususiyati
yumshoq ko’ngillilik va ta'sirchanlikdir. Ta'sirchanlik deganda idrokning jonliligi
va o’tkirligini emosional iltifotgo’ylikning naqadar kuchliligini tushunish kerak.
Ijod uchun yolg’iz ko’ra bilish qobiliyatining o’zi kamlik qiladi, ko’rganlarni qayta
o’zgartira bilish, kuzatilayotgan narsani boshqa hayotiy
taassurotlar bilan fikran
bog’lay olish ham muhimdir. Kuzatilayotgan narsalar ayniqsa yaratilayotgan
obrazlarni aniq va ravshan ko’z oldiga keltirish qobiliyatida namoyon bo’ladi
hamda bu adabiyotda ko’pincha ichdan ko’rish qobiliyati deb ataladi.
Adabiy qobiliyatni tekshirish shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarning
qobiliyatlari qobiliyatsizlaridan,
Dostları ilə paylaş: