O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

b) kriminal psixologiya
- jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga 
doir psixologik masalalar, jinoyatning motivlari bilan shug’ullanadi. 
Harbiy psixologiya
- kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvori 
bilan bog’liq hodisalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini, psixologik targ’ibot 
metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini o’rganadi.
Sport psixologiyasi
- sportchilar shaxsi va faoliyati xususiyatlarini, 
ularning psixologik jihatdan tayyorligining shart-sharoitlari, musobaqalarni tashkil 
etish va o’tkazish bilan bog’liq psixologik omillarni o’rganadi.
Savdo psixologiyasi
- asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy 
etgan bo’lib, kishilar ruhiyatiga tijorat ta'sirini psixologik shart-sharoitini, 
xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Modalar 
psixologiyasini tadqiq qiladi.
San'at psixologiyasi
- san'at asarlarining yaratilishida faoliyat-ning 
psixologik tomonlarini, inson tomonidan badiiy asarlarni idrok etilishi, turli 


49 
hodisalarni paydo bo’lishi va estetik tarbiya muammolari, musiqaviy, badiiy, 
adabiy qobiliyatlarni shakllantirish va tarbiyalash muammolarini o’rganadi.
Ilmiy ijodiyot psixologiyasi
ilmiy faoliyatning psixologik xususiyatlari, 
ijodiyotda intuisiya va ilhomni tadqiq qiladi. 

Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o’rganuvchi sohalar. 
A) yosh psixologiyasi
- inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish 
jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini o’rganadi. Yosh psixologiyasi bolalar 
psixologiyasi, o’smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya 
kabi tarmoqlarga bo’linadi. 
B) patopsixologiya-
miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli 
shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o’rganadi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin