O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat univеrsitеti boshlang’ich vamaktabgacha ta'lim metodikasi


Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar aqliy darajasi jihatidan asosan ikki guruhga bo’linadi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/33
tarix09.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126613
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
portal.guldu.uz-Defektologiya asoslari

Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar aqliy darajasi jihatidan asosan ikki guruhga bo’linadi: 
1.Yengil nuqsoni bor bolalar — bular maxsus sharoitda 1—3 yil ta’limtarbiya olganlaridan keyin o’qishni 
ommaviy maktabning tegishli sinfida davom ettirishi mumkin. 
2.Psixik rivojlanishi sezilarli darajada orqada qolgan bolalar — ular maktabni bitirguniga qadar maxsus 
sharoitda o’qitilishi kerak. Bunday bolalar maktab dasturini sog’lom tengdoshlari qatori o’zlashtira olmaydi. 
Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarni ommaviy maktabda hamma qatori o’qitish ta’lim jarayoniga ham salbiy 
ta’sir ko’rsatadi 
Psixik sust rivojlanganlikning eng murakkab va keng tarkalgan psixogen shaklida bosh miyaning 
kasalligiga, yaxshi etilmaganiga aloqador o’zgarishlar kuzatiladi. 
Olimlarimizning bergan ma’lumotlariga ko’ra, bunday bolalarning 50 foizida nerv sistemasida organik 
nuqsonlar bo’ladi. Bu narsa ularning histuygu, irodaviy holatlari tarakqiy etmaganligiga, asosan organik 
infantilizm tarzida namoyon bo’ladi. 
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan korrektsion ishlar olib borishning xususiyatlari. 
O’zbekistonda XX asrning 60-yillarida ilk bor psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar bilan maxsus 
pedagogik ishlar amalga oshirilgan.
Hozirgi kunda psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar uchun maktab internatlar va maxsus ta’lim 
muassasalari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ular ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil 
etilgan korrektsion-rivojlantiruvchi sinflarda ham o’qitishlari mumkin.
Ta’lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
1. Boshlang’ich umumiy o’rta ta’lim (ta’lim muddati – 4-5 yil). 
2. Asosiy umumiy o’rta ta’lim (ta’lim muddati - 5 yil). 
 
Nazorat savollari 
1. Bolalarning sog’lom rivojlanishi uchun shart-sharoitlar 
2. Anomaliyalarning kеlib chiqish sabablari 
3. Oligofrеnopеdagogikaning maqsad va vazifalari 
4. Oligofrеnopеdagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin