O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Fanni o’rganishga qo’yiladigan talablar



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/583
tarix13.05.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#115873
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   583
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o

 
Fanni o’rganishga qo’yiladigan talablar 
Bitiruvchilarga fanni o’qitishda quyidagi talablarni shakllantirish ko’zda tutilgan: 
- tadbirkorlik va biznes faoliyatini mohiyatini anglay olishi; 


- tadbirkorlikka xos xarakter qirralarini shakllantirishi; 
- tadbirkorlik va biznes faoliyati bilan shug’ullanish qarorini qabul qilishga tayyorlash; 
- mehnat jamoasi bilash ishlashga tayyorlash; 
- kelgusidagi kasbining ijtimoiy ahamiyatini anglay olishi; 
- kasbiy faoliyatini olib borish uchun yuqori darajadagi ishtiyoqning mavjudligi. 
 
O’quvchilar quyidagilarni bilishi kerak
  tadbirkorlik va biznes bo’yicha boshlang’ich bilimlarga ega bo’lish; 
  tadbirkorlik  va  biznes  faoliyatida  sodir  bo’layotgan  jarayonlarni  muhim  belgilari 
bo’yicha o’rganish; 
  tadbirkorlik  va  biznes  faoliyatiga  daxldor  ma’lumotlar  bilan  ishlash,  ularni  tashkil 
qilish asosida xulosa chiqarish usullarini o’zlariga singdirish. 
  mehnat bozori kon’yunkturasini va ish izlash usullarni; 
  o’zining kelgusidagi kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini; 
  ish  beruvchi  tomonidan  ishchiga  qo’yiladigan  odatiy  va  o’ziga  xos  talablarni  va  ish 
beruvchi tomonidan o’tkaziladigan suhbat usullari va qoidalarini; 
  taqdimotning eng maqbul uslublarini tanlay olish; test o’tkazish usullari; 
  shaxsiy tarjimai xol, yo’llanma xat shakllarini va uni yozish qoidalarini bilish, suhbat 
jarayonida kerak bo’lishi mumkin bo’lgan hujjatlarni (original va nusxalari)  tayyorlay olishi; 
  ijobiy imidj hosil qilish qoidalari va usullarini bilishi. 
 
O’quvchilar quyidagilarni bajara olishi kerak: 
  barcha mulk shakllariga mansub bo’lgan tadbirkorlik va biznes faoliyatlarini bilish; 
  tadbirkorlik  va  biznesning  mablag’laridan  to’la  va  unumli  foydalanish,  undagi 
mulkning  butligini  ta’minlash,  iqtisodiy  rivojlantirish  kabi  dolzarb  masalalarni  hal  eta  olish 
salohiyatiga ega bo’lish; 
  ishbilarmonlik faoliyatining asosi bo’lmish tovar va xizmatlar bozorida yuqori foyda 
olishga yo’naltirilgan maqsadga erishish uchun bilimga ega bo’lish; 
  tadbirkorlik  va  biznesni  to’liq  qoniqtiradigan  moliyaviy  axborotlarni  tayyorlash  va 
taqdim qilish bo’yicha yetarli bilimga ega bo’lish. 
  o’z hayotiy maqsadi va kelgusidagi kasbini belgilay olishi; 
  ish izlash rejasini tuza olishi; 
  axborot  manbalarini  topa  olishi  va  ishga  joylashishdagi  muammolarning  yechimi 
bilan bog’liq zaruriy axborotlarni tanlay olishi. 
  ish  beruvchi  bilan  suhbatlasha  olishi,  vaziyatni  tahlil  qila  olishi,  dalil  va  isbotlarni 
keltira olishi; 
  shaxsiy  tarjimai  xol  va  boshqa  zaruriy  hujjatlarni  tayyorlashi,  yangi  mehnat 
jamoasiga ko’nika olishi. 
 
Ishtirokchilar quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak
  fanning mazmun-mohiyatini ta’riflay olish; 
  tadbirkorlik  va  biznesda  sodir  bo’layotgan  jarayonlar  bo’yicha  ma’lumotlarni 
o’rganish; 
  tadbirkorlik  va  biznesning  moliyaviy-iqtisodiy  ko’rsatkichlarni  o’rganish  bo’yicha 
ko’nikmalarga ega bo’lish; 
  kelgusidagi kasbini rejalashtira olishi; 
  ish izlay olishi va ishga joylashishda o’zini-o’zi namoyish qila olishi. 
  axborotlar izlay olishi; 
  suhbatdan o’ta olishi; 
  o’z uslubini yarata olishi. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   583




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin