2-Mavzu: MTT ta`lim - tarbiya jarayonining maqsad va tamoyillari Reja: 1. MTTda davlat o‘quv dasturining maqsadi va vazifasi
2. MTTda davlat o‘quv dasturining tamoyillari
O‘zbekiston Respublikasi hukumati ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni yaxshi sifatdagi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni kengaytirish maqsadlarida mamlakatda maktabgacha taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik Davlat dasturini va Yo‘l xaritasini ishlab chiqdi.
1. Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha davlat vazifalarini bajarish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi.
2. Maktabgacha taʼlim O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga maktabgacha taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha saʼy-harakatlariga texnik yordam ko‘rsatadigan YUNISEFning asosiy ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib sanaladi. Maktabgacha taʼlim vazirligi va YUNISEFning 2018-yilga mo‘ljallangan hamkorlikdagi yillik rejasi bir nechta chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu rejaning yutuqlaridan biri bo‘lib maktabgacha taʼlim uchun kompetentli yo‘naltirilgan “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturining ishlab chiqilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qo‘yiladigan Davlat talablarining yangilanishi hisoblanadi. Davlatning bu ikki hujjati maktabgacha taʼlim sohasidagi boshqaruvchilar, maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar turli xildagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarda taʼlim oluvchi har bir bolaning yuqori sifatli taʼlim olishini taʼminlash maqsadlarida yoʼriqnoma sifatida foydalanadigan asosiy hujjatlar hisoblanadi.
Davlat dasturi sifatida Ilk qadam dasturining alohida muhimligi shundan iboratki, bunda u oʼz ichiga oʼqitishning pedagogik maqsadlarini oladi, kun davomida bolaning taʼlim olishi tuzilmasini taʼminlaydi, shuningdek, pedagoglar bola rivojlanishining qaysi eng muhim jihatlariga o‘z diqqatlarini jamlashlari lozimligi tushunilishini taʼminlaydi. Davlat dasturi bo‘lish bilan birga Ilk Qadam dasturi butun maktabgacha taʼlim tizimini to‘liq qamrab oladigan va uni tartibga soladigan “yomg‘irpoʼsh” sifatidagi taraqqiyparvar hujjat bo‘lib sanaladi. Mana shu bilan Ilk Qadam dasturi turli xil bolalar guruhlariga har xil provayderlar tomonidan taqdim etiladigan maktabgacha taʼlimning bir xil sifatini taʼminlashga moʼljallangandir. Dastur pedagoglarga bolalar uchun ragʼbatlantiruvchi oʼqitish muhitini qanday qilib yaratish va bunga ota-onalarni ham qay yo‘l bilan jalb qilishni tushunish va bilib olishga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga mos holda ishlab chiqilgan meʼyoriy-huquqiy hujjat boʼlib, unda maktabgacha taʼlim tashkilotining maqsadlari va vazifalari, oʼquv-tarbiyaviy ishlarning asosiy g‘oyalari aks etgan, shu jumladan, taʼlimning keyingi bosqichiga o‘tishda bolaning asosiy kompetentsiyalari belgilab berilgan. Davlat taʼlim dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi taʼlim tashkilotlarida qo‘llash uchun majburiydir:
➢ davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
➢ maktabgacha taʼlim sohasida xizmatlarni koʼrsatadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari:
➢ maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega boʼlgan “Mehribonlik” bolalar uylari;
➢ maktabgacha va boshlangʼich taʼlimni tartibga soluvchi boshqaruv organlari.
Davlat o‘quv dasturi 7 bobdan iborat bo‘lib, I-bobda MTT davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTTning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjjat hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quvdasturlaridan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanish huquqiga ega.
Ta’lim tashkiloti Davlat o’quv dasturi asosida o‘zining MTT ishchi-o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega.
Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadim 1. Davlat o‘quv dasturida MTTning quyidagi maqsad va vazifalari belgilabberilgan.
➢ bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
➢ maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quvtarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;
➢ bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida otaonalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
➢ bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
II-bob: MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quydagilarni:
➢ MTT ta’lim jarayonining maqsadlari;
➢ MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari;
➢ Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish;
➢ Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati;
➢ Ota-onalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Davlat dasturida MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari aks ettirilgan bo‘lib:
O‘quv tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari:
➢ Bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobgaolish;
➢ ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;
➢ bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
➢ bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
➢ o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
➢ bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
➢ bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
➢ MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
➢ Milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati – Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’limtashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati, to‘g‘ri ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Farzandni barkamol va ma’naviy yetuk qilib o‘stirish uchun, eng avvalo ota-onaning o‘zi yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi kerak. Bunday muhim va istiqbolli muammolarni hal qilishda mamlakatimizda ota-onalarga yordam ko‘rsatish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilgan. Bu borada maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan ota-onalar hamkorligining ahamiyati katta.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi ota-onalar bilan suhbat chog‘ida dastur talablariga tayanadi, ota-onalarning pedagogik layoqati va oilaviy tarbiya xususiyatlarini hisobga olgan holda maktabgacha tarbiya haqidagi kitoblarda berilgan maslahatlar, tavsiyalardan ijodiy foydalanadi.
Suhbat bu ikki tomon – tarbiyachi bilan ota-onaning muloqotidir. U fikr almashishga, muhokama qilinayotgan masalalarda o’zaro hamjihatliko’rnatilishiga yordam berishi kerak. Bunda muhimi, tarbiyachi tomonidan xayrixohlik, erkinlik muhitining yaratilishidir.