________________ _____________________________ 26-Mavzu: Bolaning rivojlanish xaritasini yuritish Reja: 1. MTTga bolalarni qabul qilinish tartibi.
2. Har bir yosh guruhda rivojlanish xaritasini yuritilishi.
Bolani maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doimiy yoki vaqtincha qatnashga qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar yil davomida quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
bola qonuniy vakilining arizasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo‘llanma (davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun);
bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.
Bola davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq qabul qilinadi. Bola nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ustaviga muvofiq qabul qilinadi.
Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Bolaning qonuniy vakili bilan tuzilgan shartnoma bolani nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 28.03.2018-yil 244-son qaroriga 1-ILOVA
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI tasdiqlangan.
Ushbu Reglament bolalarni quyidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (keyingi o‘rinlarda — tashkilot) qabul qilish tartibini belgilaydi. Umumiy turdagi davlat idoraviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari (belgilangan kvotalar bo‘yicha) bolalarni tashkilotga qabul qilish tartibini amalga oshiradi.
Tashkilotlar rahbarlari tashkilot quvvati va tarbiyalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning doimiy ravishda, shuningdek, tashkilotning bo‘sh o‘rni haqidagi ma’lumotlarning guruh ochilgan yoki yopilgan, guruh quvvati yoki ta’lim turi o‘zgargan, bola qabul qilingan va tashkilotdan chiqarilgan yoki boshqa guruhga o‘tkazilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi 100Maktabgacha ta’lim vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Maktabgacha ta’lim vazirligi) Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda —MTBAT) kiritib borilishini ta’minlaydilar:
b) davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan axborot bilan birgalikda MTBATga ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent uchun ajratilgan kvotalar joylariga qabul qilingan bolalar haqidagi ma’lumotni kiritadilar;
v) tashkilotlarda bo‘sh joylarning elektron hisobini yuritish, bolalarni tashkilotlarga qabul qilish bo‘yicha elektron navbatni shakllantirish, bolalarni tashkilotlarga qabul qilish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent uchun ajratilgan kvotalar bo‘yicha yo‘llanmalarni (keyingi o‘rinlarda — yo‘llanma) shakllantirish MTBAT tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Tashkilotlar bolalarni yo‘llanmalar asosida qabul qiladi.
Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organlar va tashkilotlar o‘rtasida axborotlar almashuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik orqali elektron raqamli imzoni qo‘llagan holda amalga oshiriladi. Bolalarni tashkilotga ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha qabul qilinadi.
«Ilk qadam» o‘quv dasturining asosiy maqsadi hayoti davomida uzluksiz rivojlanishga qodir bo‘lgan shaxsni shakllantirish. Ushbu zamonaviy pedagogik tizimning asosiy o‘ziga xosligi bolalarda o‘qishga qiziqish uyg‘otish hisoblanadi. Bu esa bolalarni ta’lim jarayoniga qiziqtirishga alohida e’tibor berish kerak deganidir», — deydi maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Sobitxon Turg‘unov.
Tizimdagi yana bir qiziqarli yangiliklardan biri bu bolaning rivojlanish kartasi paydo bo‘lishidir. U o‘zida bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi. Karta bir yilda uch marta to‘ldiriladi. Bola maktabgacha ta’lim tashkilotni bitirganidan so‘ng ya’ni 6—7 yoshda bolaning maktabga tayyorligi kartasi ham to‘ldiriladi.
Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari, ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g‘amxo‘rlik qilish, erkin ijodiy o‘z-o‘zini ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni ko‘zda tutadi. Shu sababli, rejalashtirish bilan bir qatorda, bola rivojlanishini kuzatib borish pedagog faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog bolani va uning o‘zini tutishi sabablarini yaxshiroq tushunish, bola rivojini, uning ichki dunyosini ko‘rish, qo‘llab-quvvatlash, rivojlanish yo‘llarini belgilash, ehtiyoj va manfaatlarini aniqlash uchun bola hayotini sistematik kuzatib boradi. Pedagogik kuzatuvlar asosida ta'lim jarayonini rejalashtirish amalga oshiriladi va takomillashtirib boriladi. Bolaning individual rivojlanishini kuzatish uchun O‘zbekiston Respublikasining ilk va aktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat talablarida aks ettirilgan sohalar va kichik sohalar hamda kutilayotgan natijalar (malaka va ko‘nikmalar) olingan. Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta to‘ldiriladi . Maktabgacha ta'lim tashkilotidan chiqishda 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi to‘ldiriladi (faqat maktabgacha ta'lim tashkilot bitiruvchilari uchun). Maktabga tayyorlik deganda bolada umumiy kompetensiyalarni va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllanganligi tushuniladi. Bu xarita maktabgacha ta'lim tashkilotining har bir bitiruvchisi uchun to‘ldiriladi. Unda Davlat dasturiga muvofiq rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi. Tarbiyachiga u yoki bu natija qanday darajada aks etayotganini belgilash taklif etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) umumlashtiriladi va tavsiya hamda takliflar ko‘rinishida ota-onalar e'tiboriga havola etiladi.
“Ilk qadam” dasturining muhim jihati bolaning rivojlanish kartasining yuritilishidir, U o‘zida bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi. Bola maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanganidan so‘ng, ya’ni 6—7 yoshida uning maktabga tayyorligi kartasi bilan ta’lim dargohiga yuboriladi.
Bolaning rivojlanish xaritasini to’ldirish uchun kuzatuv uch davrni o’z ichiga oladi: birlamchi (o’quv yili boshida), oraliq va yakuniy. Birlamchi kuzatuv o’quv yili boshida o’tkaziladi (sentabr oyida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlang’ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi.Tarbiyachi ta’lim sohalarini o’zlashtirish bo’yicha mavjudbo’lgan muammolarga ham e’tibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qo’llab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo’yicha yutuqlari xaritasi to’ldiriladi. Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o’tkaziladi. Bu monitoringni o’tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to’g’riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko’ra, tarbiyachi, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug’ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin. O’quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o’tkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qo’yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko’zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
Kuzatuv o’tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
• kuzatuv bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga yo’naltirilgan bo’ladi;
•bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatuv kamida ikki hafta (yoki oy) mobaynida olib boriladi;
•tarbiyachi bola to’g’risidagi ma’lumotlarni otaonalar yoki tashkilotning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin;
•tarbiyachi bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga e’tibor qaratishi lozim.