26
kastlanishlarni tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi Nizom”ni
tasdiqladi. Ushbu Nizom 1997-yil 1-iyuldan kuchga kirdi.
Jarohatlar, zaharlanish,
issiqlik urishi, portlashlar, baxtsiz
hodisalar, binolar, inshootlar, inshootlarning vayron boʻlishi, ku-
yishlar, muzlash, choʻkish, elektr toki urishi, chaqmoq, aloqa na-
tijasida shikastlanish; hayvonlar va
sudralib yuruvchilar bilan
muloqotda boʻlganda, shuningdek, tabiiy ofatlar (zilzilalar, koʻ-
chkilar, suv toshqini, boʻronlar va boshqalar) paytida sogʻliqqa
yetkazilgan zararlar, korxona hududida
va uning tashqarisida
mehnat vazifalarini bajarish paytida (shuningdek, xizmat safarla-
rida) sodir boʻlgan
baxtsiz hodisalar tekshirilishi va roʻyxatga
olinishi kerak.
Jabrlanuvchining tabiiy oʻlim, oʻz joniga qasd qilish, oʻzi-
ning sogʻligʻiga qasddan zarar yetkazish, shuningdek, jinoyat so-
dir etish paytida jabrlanish (sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasi va
tergov organlarining ma’lumotnomasi boʻyicha) tekshirilmaydi
va roʻyxatga olinmaydi.
Xodimning kamida bir kun mehnat qobiliyatini yoʻqotishiga
olib kelgan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki uni tibbiy
xulosaga muvofiq boshqa osonroq ishga oʻtkazish zarurati N-1
shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ish beruvchi surishtiruv tugaganidan keyin 3
kundan
kechiktirmay jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya-
lovchi shaxsga baxtsiz hodisa toʻgʻrisida davlat yoki boshqa
maqbul tilda tuzilgan N-1 shakldagi dalolatnoma berishga
majburdir.
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni toʻgʻri
va oʻz vaqtida tekshirish va hisobga olish, N-1 shakldagi dalolat-
nomani tuzish, baxtsiz hodisa sababini
bartaraf etish choralarini
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgardir.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning toʻgʻri va oʻz
vaqtida tekshirilishi va qayd etilishi, shuningdek baxtsiz hodisa-
27
ga sabab boʻlgan sabablarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbir-
larning amalga oshirilishini nazorat qilish: korxonaning yuqori
xoʻjalik organi, kasaba uyushma qoʻmitasi yoki ishchilar organi,
kasaba uyushmalarining davlat texnik mehnat inspektori tomo-
nidan amalga oshiriladi.
Jabrlanuvchi yoki uni koʻrgan guvoh har bir ishlab
chiqarish baxtsiz hodisasi toʻgʻrisida darhol boʻlim (sex)
boshligʻiga xabar berishi kerak. Shundan soʻng:
jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam koʻr-
satish va uni tibbiyot boʻlimiga yoki
boshqa tibbiy muassasaga
yetkazishni tashkil etish;
surishtiruv komissiyasi ishi boshlanishidan oldin, ish muhi-
tini va asbob-uskunalarning holatini baxtsiz hodisa sodir boʻlgan
paytdagidek saqlab qolishi (agar bu atrofdagi ishchilarning hayo-
ti va sogʻligʻiga tahdid solmasa va shikastlanishga olib kelmasa);
baxtsiz hodisa sodir boʻlgan korxona (sex) rahbari voqea
toʻgʻrisida ish beruvchini va kasaba uyushma qoʻmitasini yoki
korxona xodimlarining boshqa vakillik organiniga darhol xabar
qilishi shart.
Ish beruvchining buyrugʻiga binoan kasaba uyushma qoʻ-
mitasi yoki ishchilarning
boshqa vakillaridan iborat komissiya
Dostları ilə paylaş: