O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov


 1. Shovqin tavsifi va uni me’yorlashtirish



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

6. 1. Shovqin tavsifi va uni me’yorlashtirish 
Shovqin – bu tovushdir. Tovush esa havodagi zarrachalar-
ning mexanik tebranishidir. Bu tebranishlar toʻlqinsimon ravish-
da tarqalib, kishi qulogʻiga borib yetadi va quloq pardasini 
bosadi, natijada tovush eshitiladi. Tovush eshitilishi uchun toʻl-
qin ma’lum kuchga ega boʻlishi kerak. Bu kuch esa tovush toʻl-
qinining paskalda (Pa) oʻlchanadigan bosimi bilan belgilanadi.
Kishi qulogʻi tovush bosimining 
5
10
2


dan 
2
10
2 
Pa gacha 
boʻlgan diapazonini qabul qilaoladi. Pastki chegara ya’ni (R
0
=
5
10
2


Pa) kishi qulogʻi ilgʻay oladigan minimal tovush bosimi – 
eshitish chegarasi deb ataladi.
Yuqorigi chegara, ya’ni (R
max

2
10
2 
Pa), kishi qulogʻi 
ogʻriq sezguncha chiday oladigan maksimal tovush bosimi – 
ogʻriq chegarasi deb ataladi. Ogʻriq chegarasidan yuqorida 
quloqlardan qon sizib chiqishi va quloq pardasining yirtilishi 
hollari boʻlishi mumkin. Ikki kishining oʻzaro suhbati odatda 0,1 
Pa bosimda kechadi.
Chastotalari boʻyicha kishi qulogʻi 20 dan 20000 Gers 
oraligʻidagi tovushlarni qabul qiladi. Bu kichik va oʻrta yoshdagi 
odamlarga xos. Kishi qariganda esa yuqoridagi chegara 15000 
Gts larga tushib qoladi, shuning uchun koʻpchilik kishilar 
qariganda yomon eshitadigan boʻlib qoladi. Kishi qulogʻi 
ayniqsa 37,5-9600 Gts oraligʻidagi chastotalar diapazonini 
yaxshi qabul qiladi. 20 Gts dan kichik va 20000 Gts dan katta 
chastotali tovushlar infratovush va ultratovush deyiladi. Bu 
oblastlardagi tovushlarni kishi qulogʻi eshita olmaydi.
Kishi qulogʻining eshitish qobiliyatini tovush bosimining 
absolyut oʻzgarishi boʻyicha emas, balki uning nisbiy oʻzgarishi 
boʻyicha olishi qabul qilingan. Tovush bosimining bunday nisbiy 


65 
oʻzgarishi shovqin kuchining boshlangʻich darajasi deb ataladi 
va etalon sifatida qabul qilingan.
Boshlangʻich daraja (etalon) qilib tebranish chastotasi 1000 
Gts, tovush bosimi 
5
10
2


Pa qabul qilingan. Bu eshitish qobiliyati 
normal boʻlgan kishilardagi eshitish chegarasi bilan mos keladi. 
Bu chastotasi 2000 Gts boʻlgandagi tovush quvvati 10
-12
Vm/m

ga mos keladi.
Shovqin kuchini oʻlchash uchun logarifmik shkala qabul 
qilingan, har bir keyingi pogʻona, oldingi pogʻonadan oʻn marta 
kattadir. Shovqinlarning bunday nisbati shartli ravishda bel (B) 
deb atalib, quyidagi formula bilan ifodalanadi.
𝐵 = 𝑙𝑔
𝐽
𝑖
𝐽
0
(6. 1)
bu yerda:J
i
– tovush bosimining oʻlchangan qiymati, Pa
J

– tovush bosimining etalon qiymati, R
0

5
10
2


Pa
Agar bir qancha shovqinlar birgalikda ta’sir qilganda, birin-
chisi boshlangʻichidan,yani asos qilib olinganidan 10 marta katta 
boʻlsa, J
i
/ J
o
=10. Bunda shovqin 1B ga katta deb olinadi, chunki 
lg 10=1. Agar J
I
/J

=100 boʻlsa 2B ga katta deb olinadi, chunki 
lg100=2 va hokazo. Bel ancha katta qiymat. Odamning qulogʻi 
odatda tovush kuchi oʻzgarishining 0,1B ni payqaydi. Shuning 
uchun tovush kuchining oʻlov birligi qilib amaliyotda Belning 
oʻndan bir boʻlagi boʻlgan detsibel (dB) qabul qilingan. Eshitish-
ning yuqori maksimal chegarasi 13 B (130 dB) ga toʻgʻri keladi. 
Bundan yuqori shovqinlarda quloqda ogʻriq paydo boʻladi.
Chastotasi boʻyicha shovqinlar uch sinfga boʻladi: 
Past chastotali – 350 Gts gacha; 
Oʻrta chastotali – 350 dan 800Gts gacha; 
Yuqori chastotali – 800 Gts dan yuqori.
Inson tanasiga ta’siri boʻyicha yuqori chastotali shovqinlar 
zararli hisoblanadi.
Shovqinlar tovush bosimi, chastotasi, shovqin turi (tonal, 
keng mintaqali, impulsli) va tasir qilish vaqtining uzunligi bilan 
meyorlashtiriladi. Har xil chastotali shovqinlar kishi qulogʻiga 


66 
har xil tasir qiladi. Shuning uchun har bir oʻrta geometrik chasto-
taning oktava chizigʻi shovqinning yoʻl qoʻysa boʻladigan me’-
yori belgilangan.
Oktava chizigʻi – tovushlar chastotasining yuqorigisi past-
kisidan ikki marta katta qiymatga teng boʻlgan intervalidir, ya’ni

𝑓
𝑦𝑢𝑞𝑜𝑟𝑖
𝑓
𝑝𝑎𝑠𝑡𝑘𝑖
= 2 (6. 2)
Shovqinlarni me’yorlashtirishda oʻrta geometrik chastota-
larning quyidagi oktava chiziqlari qabul qilingan: 63, 125, 250, 
500, 1000, 2000, 4000, 8000, Gts.
Oktava chiziqlarining oʻrta geometrik chastotasi quyidagi 
formula boʻyicha aniqlanadi:
𝑓 = √𝑓
𝑦𝑢𝑞𝑜𝑟𝑖
⋅ 𝑓
𝑝𝑎𝑠𝑡𝑘𝑖
(6. 3)
Shovqinlar chastotasining spektri boʻyicha keng mintaqali 
(bunda tarkibida koʻp tovush chastotalari boʻladi, masalan, toʻ-
quv dastgohidan chiqayotgan shovqin) va tonal turlariga boʻlina-
di. Tonal shovqinlarda ma’lum ton aniq eshitilib turadi. Masalan, 
ventilyatordan ajralib chiqayotgan shovqin. Tonal shovqin keng 
mintaqali shovqinga nisbatan kishi organizmiga koʻproq salbiy 
ta’sir koʻrsatadi (6. 1-rasm).
6. 1-rasm. Shovqinning spektral tarkibi.
а-keng mintaqali, б-tonal.
San PiN №0065-96 boʻyicha ishlab chiqarish korxona-
larining doimiy ish joylarida va korxona hududlarida shov-


67 
qinning quyidagicha yoʻl qoʻysa boʻladigan darajalari qabul 
qilingan (6. 1-jadval).
6. 1-jadval 
Tovush bosimining yoʻl qoʻysa boʻladigan darajasi 
Xonalar
Oktava chizigʻining oʻrta geometrik 
chastotalari, Gts 
Tovush
darajas
i, 
dBA
63 
125 250 500 1000 2000 4000 8000 
AT 
korxonalari-
ning ishlab chiqa-
rish sexlari (doi-
miy ish joylari) va 
hududlari
103 
96 
91 
88 
85 
83 
81 
80 
90 
AT 
korxonalari-
ning idora xonalari 
79 
70 
63 
58 
53 
52 
50 
49 
60 
Yashash 
joylari 
hududlari mikrora-
yonlarining 
dam 
olish maydonlari 
67 
57 
49 
44 
40 
37 
35 
33 
45 
AT sanoati korxonalarida shovqinni umumiy darajasiga qa-
rab chamalab baholash mumkin. Buning uchun shovqin oʻlchash 
asbobining A-shkalasidan foydalaniladi va bu dBA da oʻlchana-
digan standartlashtirilgan va barcha shovqin oʻlchash asboblari-
da mavjuddir. Shovqin me’yorlariga, uning ta’sir qilish vaqtining 
uzunligiga qarab tuzatishlar kiritiladi. Bu tuzatishlar quyidagi 6. 
2-jadvalda keltirilgandir.
6. 2-jadval 
Yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan tovush bosimiga tuzatishlar 
Shovqin ta’siri vaqtining 
uzunligi, soat 
Shovqin xarakteri
Keng mintaqali
Tonal
4 dan 8 gacha
1 dan 4 gacha
15 min. dan 1 soatgacha 
5 min. dan 15 min. gacha 
5 minutgacha

-6 
-12 
-18 
-24 
-5 
-1 
-7 
-13 
-19 


68 
AT sanoatining koʻpgina mashina va dastgohlarining shov-
qin darajalari gigiyena me’yorlaridan yuqoriroq boʻlar edi. 
Yigiruv – pishituv sexlarining ish joylarida tovush darajasi A 
shkalasi boʻyicha 80-98 dBA, tayyorlov – toʻquv va yigiruv 
sexlarida 75-95 dBA, piliklash va piltalash sexlarida 80-100 
dBA ni tashkil etadi. Shovqin chiqishi boʻyicha eng yuqori 
darajani toʻquv sexlari tashkil qiladi. Ayniqsa mokili avtomatik 
toʻquv dastgohlari oʻrnatilgan sexlarda umumiy shovqin darajasi 
yuqori chastotali spektrlarda 100-104 dBni tashkil etadi. Bu esa 
ishchilarning organizmiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Hozirgi paytda 
respublikamizda qurilayotgan yangi AT korxonalarida oʻrnatil-
gan uskuna va dastgoxlarda shovqin 15-20 dBA ga kamaygan va 
me’yoriy darajalardan katta farq qilmaydi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin