70
harakatlarga
almashtirish, agregatlarning kichik tebranishli
kinematik sxemalarini yaratish va h. k.
Manbadagi shovqinni pasaytirishda eng qulay usullardan
biri detallarning titrashini kamaytirishdir.
Buning uchun,
metallardan yasalgan detallarni ichki ishqalanish koeffitsiyenti
katta boʻlgan materiallar (rezina, bitum, bitumlashtirilgan kigiz,
karton) bilan qoplanadi.
Plastmassadan yasalgan shesternyalarni qoʻllash va shester-
nyalar yuzasini rezina bilan qoplash shovqinni sezilarli darajada
pasaytiradi.
Shovqinni ixotalash. Shovqinni manbada ixotalash, uni
pasaytirishning ta’sirchan tadbirlaridan biridir.
Hozirgi paytda
ixotalashning texnik darajasi shovqinni 20-40 dB kamaytirish
imkonini beradi. Shovqinni ixotalovchi vositalarga kabinalar,
toʻsiqlar va himoya qobiqlari hamda mashina va mexanizmlarni
yerga oʻrnatish
joylariga rezina qistirmalar, poʻkak va poʻlat
prujinalar orqali oʻrnatish misol boʻlishi mumkin.
Masalan, qalinligi 40 mm li namat va rezina – namat
qistirmalar ishlatilganda shovqin 1-2 dB , yuqori chastotalarda
esa 5-7 dB ga kamayadi.
Mashina va uning ayrim qismlarini qobiqlar bilan berkitish
shovqinni kamaytiradi. Bularning samaradorligini oshirish maq-
sadida qobiqlar ichi tovush yutuvchi materiallar bilan qoplanadi.
Bunda mashina va mexanizmlarning harakatidan qobiqlarning
oʻzi titrab, shovqin chiqarmasligiga erishish kerak.
Qobiqning shovqinni kamaytirish
samaradorligini quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
А = 𝐺 + 𝛿 (6. 4)
bu yerda:
G – yutilish hisobiga shovqinning kamayishi, dB;
- ixotalash hisobiga shoqinning kamaytishi, dB;
Yutilish hisobiga shovqinning kamayishi tovush yutuvchi
materialning zichligiga bogʻliq boʻlib, uni quyidagi formulalar
orqali hisoblanadi:
71
𝐺 = 13,51 ⋅ 𝑙𝑔 Р + 13
, dB;
Р < 200
kg/m
3
boʻlganda. (6. 5)
bu yerda:R – tovush yutuvchi materialning zichligi, kg/m
3
.
Tovushni ixotalash hisobiga
shovqinning kamayishi esa
quyidagi formula orqali hisoblanadi:
𝛿 = 10 𝑙𝑔
𝑆
2
⋅𝛼
2
𝑆
1
⋅𝛼
1
, 𝑔
Б, dB; (6. 6),
(texnik namat uchun
1
= 0,01);
2
- tovushni yutilish koeffitsiyenti (bu qoplamaning mate-
rialiga bogʻliqdir, texnik namat uchun
2
= 0,3).
Dostları ilə paylaş: