6. 6. Eshitish a’zolarini himoya qilish
Eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari oʻz vazifasi va
konstruksiyasi boʻyicha uch turga boʻlinadi: naushniklar – quloq
suprasini yopib turadi, tiqinlar – tashqi eshitish kanalini yopib
turadi, shlemlar-kallaning bir qismini yoki quloq suprasini
83
berkitib turadi. Bularni qoʻllash ayrim oktava chiziqlarida tovush
bosimi sathini 35-40 dB miqdorda kamaytiradi. Shunisi diqqatga
sazovorki, ular ayniqsa kishi organizmi uchun xavfli boʻlgan
chastotali shovqinlarni pasaytirishda yaxshi samara beradi.
a b
6. 9-rasm. Shovqindan himoya qiluvchi naushniklar.
a-VSNIIOT-2M naushnigi. b-VSNIIOT-4M naushnigi.
AT sanoatining shovqinli sexlarida eshitish a’zolarini hi-
moya qilishga zarurat seziladi. Ularni tanlash shovqinning jadal-
ligiga va ishlovchining shaxsiy xususiyatlariga bogʻliq. Tovush
bosimi sathi 120 dB gacha boʻlgan jadal shovqinlar ta’sir
qilayotgan sharoitda VSNIIOT -2M turiga mansub naushniklarni
qoʻllash tavsiya etiladi (6. 9a-rasm). Sexlarda kichik gabaritli
VSNIIOT – 4M turiga mansub naushniklarni qoʻllash ham
maqsadga muvofiq. VSNIIOT-2M naushnigi ishlatishga qulay
va spektrning yuqori chastotali qismida samaradorlidir,
VSNIIOT-4M naushnigi oʻlchamlari kichik va yengil, lekin
ularning akustik samaradorligi biroz past.
6. 4-jadval
Naushnik va tiqinlarning akustik samaradorligi
Shovqinga qarshi
himoya vositalari
Oktava chizigʻining oʻrta chastotalardagi
ishlash samaradorligi, Gts
125
250
500
100
2000
4000
Naushniklar:
1. VSNIIOT – 2M
7
11
14
22
35
45
2. VSNIIOT – 4M
4
-
-
16
-
35
Tiqinlar:
84
1. UTV markali oʻta
ingichki shisha tola-
sidan yasalgan tampon
5
5
10
18
24
27
2. FPP-15 markali oʻta
ingichka toladan yasal-
gan tampon
8
8
15
22
25
31
3. Qattiq tiqinlar
10
10
12
13
24
29
AT korxonalarining tovush bosimi satqi 100-105 dB dan
kam boʻlgan sexlarda UTV markali oʻta ingichka shisha
tolasidan yasalgan tampon (Berushi) va rezinadan yasalgan qat-
tiq tiqinlar bilan ta’minlanadilar.
Shovqinga qarshi qoʻllanadigan himoya vositalariga bir qa-
tor gigiyenik talablar qoʻyiladi. Tozalab turish imkoniyati boʻl-
gan, qulay ishlatiladigan,oʻzidan zararli va terini qichishtiruvchi
moddalar chiqarmaydigan, terini ifloslantirmaydigan boʻlishi
kerak, bulardan tashqari ular butun ish kuni davomida quloqni
ogʻritmasligi va kishini gʻashini keltirmasligi lozim.
Himoya vositalarini tanlash ish joyida shovqinning chastota
boʻyicha spektriga, mikroiqlim sharoitlariga va ishchining
shaxsiy xususiyatlariga bogʻliq. Ular shovqinni SanPiN №0065-
96. da koʻrsatilgan, yoʻl qoʻysa boʻladigan qiymatlarigacha pa-
saytira olsagina toʻgʻri tanlangan hisoblanadi.
Tiqinlar turiga tolali, gʻovak va yumshoq plastik material-
lardan yasalgan zaglushkalar, vtulkalar, tamponlar va probkalar
mansubdir. Ular yumshoq va elastikligi tufayli eshitish kanaliga
kirib u yerni zichlab berkitadi. Ular koʻzoynak taqishga, bosh
kiyim kiyishga xalaqit bermasligi bilan qulaydir, yengil va
ixcham, gigiyena nuqtai nazardan toza va ishlatishga qulay.
Lekin ularni odatda, ish joylarida umumiy shovqin satxi 100 dB
dan katta boʻlmagan hollarda ishlatiladi. Bir marta ishlatishga
yaraydigan (UTV va FPP tolali materiallardan yasalgan
“Berushi”) tiqinlar bilan odatda, bir varakayiga koʻp ishchilar
butun ish smenasi davomida taminlanadi.
85
UTV tolasidan qilingan tiqinlar quyidagicha tayyorlanadi:
oʻlchamlari 4x4 sm li tola qatlamini diogonali boʻyicha bir necha
marta ketma-ket buklab konus xoliga keltiriladi va quloqning
tashqi kanaliga tiqib qoʻyiladi. Quloqning tashqi kanali terisi
yalligʻlangan paytda bu tiqinni qoʻllash mumkin emas. Bunday
hollarda naushniklar qoʻllagan maqul.
FPP tolali materiallardan bir marta ishlatiladigan “Berushi”
tiqini oxirgi paytlarda keng qoʻllanilmoqda. Bu tiqinning
oʻlchamlari 40x40x1,4 mm, massasi 140-220 mg boʻlib, terini
qichitmaydigan va antiseptik xossalari bilan ajralib turadi (6. 10-
rasm).
6. 10-rasm. “Berushi” tiqini
Koʻp marta ishlatiladigan tiqinlar “antifonlar” eshitish
azolarini yuqori chastotali ishlab chiqarish shovqinlaridan
himoya qiladi. Ular yumshoq rezina kapsula shaklida boʻlib,
ichki oʻrta qismiga kichkina plastmassa oʻzak kirgizib qoʻyilgan
boʻladi. Kamida bir xaftada ularni sovunli iliq suv bilan yuvib
turish tavsiya etiladi (6. 11-rasm).
6. 11-rasm Antifon tiqini.
86
Hozirgi paytda ilgʻor AT korxonalarida monoton va bir xil
ritmli ishlarda (toʻquvchi, yigiruvchi, kalavalovchi va. b. )
ishlovchilarni shovqin tasiridan saqlash uchun radiolashtirilgan
naushniiklar qoʻllanilmoqda. Bu ishlarda funksional musiqa das-
turlarini qoʻllash asab, psixik kuchlanish holatini kamaytiradi,
charchoqni oladi, ishlovchining kayfiyatini yaxshilaydi va ish
unumdorligini oshiradi.
Radiolashtirilgan “Melodiya” uskunalarida VSNIIOT-2M
turidagi naushniklar oʻrnatilgan boʻlib, uning himoya xususi-
yatini saqlagan holda past chastotalarda beriladigan musiqali
radio eshittirishlarni ham olib boriladi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish sexlarida 90dB gacha va 90-
120dB gacha qoʻllaniladigan radiolashtirilgan VSNIIOT- 4 FM
va VSNIIOT-2M naushniklaridan keng foydalanilmoqda. Ishlab
chiqarish operatsiyasi doimo yurib bajariladigan ishlarda maxsus
ixcham priyomnikli “Orfsy-1” radio-naushniklaridan foydalanish
tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |