O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

 
 


87 
VII. BOSIM OSTIDA ISHLAYDIGAN USKUNALARNING 
XAVFSIZLIK SHARTLARI 
AT korxonalarida bosim ostida ishlaydigan, apparat, idish 
va quvurlar koʻp ishlatiladi. Bular koʻpincha portlash xavfini 
tugʻdirishi mumkin. Bunday portlashlarga zanglash natijasida 
uskuna devorlarining yemirilishi va mexanik pishiqligining 
yoʻqolishi, ayrim qismlarining qizib ketishi, biror qattiq jismning 
urilishi sabab boʻlishi mumkin. Bundan tashqari portlovchi va 
yonuvchi moddalarga uchqun ta’sir qilishi natijasida ham 
portlash sodir boʻlishi mumkin. Bunda yonish tezligi sekundiga 
yuzlab metrni tashkil qiladi.
Bosim ostida ishlaydigan idishlar qayta ta’mirlanib kavshar-
langan boʻlsa, bir joydan ikkinchi joyga koʻchirilganda yoki 
uning xavfsiz ishlashiga javobgar shaxsning talabi bilan 
muddatidan ilgari texnik koʻrik oʻtkaziladi.
Gidravlik sinov esa har sakkiz yilda bir marta oʻtkaziladi. 
Ish harorati 200
0
S gacha boʻlgan idishlarning gidravlik sinovi, 
ularga suv yoki zaharsiz va portlamaydigan boshqa suyuqlik 
bilan qoʻshimcha bosim berish orqali oʻtkaziladi. Qoʻshimcha 
bosim idishning ish bosimiga bogʻliq boʻlib, quyma idishlardan 
tashqari barcha idishlar uchun ish bosimidan 25-50 foiz katta 
boʻladi. Shunday bosim ostida (devorlarining qalinligi 50 mm 
gacha boʻlgan idishlarda) 10 minut ushlab turiladi va biror 
sezilarli oʻzgarish boʻlmasa, ya’ni choklardan ajralish, suyuqlik 
tomishi, tashqi devorlarining terlashi, qoldiq deformatsiyalar 
koʻrinmasa idishlar gidravlik sinovdan oʻtgan hisoblanadi.
Bosim ostida ishlaydigan uskunalar normal texnologik 
rejimda va xavfsiz ishlashini ta’minlash uchun quyidagi nazorat-
oʻlchov asboblari va ehtiyot uskunalari bilan ta’minlangan 
boʻlishi kerak: ulardagi suyuqlik yoki gazning bosimini oʻlchash 
uchun va doimo nazorat qilib turish uchun manometr, haroratni 
nazorat qilib turish uchun termometr, bosim oshib ketgan 


88 
taqdirda portlashni oldini olish uchun saqlagich, idishda bir 
vaqtning oʻzida gaz va suyuqlik boʻlgan taqdirda suyuqlikning 
koʻp yoki ozligini koʻrsatuvchi asbob, idish ichidagi moddani 
butunlay chiqarib tashlash imkonini beruvchi moslama, agar 
idish ichida kondensat toʻplansa, uni chiqarib tashlash imkonini 
beruvchi moslama.
Quvurlarning ishonchliligini ta’minlash uchun ularning 
issiqdan uzayishini hisobga olish kerak. Buning uchun ularning 
burilgan joylari ravon va silliq qilib yasaladi hamda kondensator 
halqalari va shunga oʻxshash elementlar kiritiladi. Issiqlik 
deformatsiyalarini bir tekis taqsimlash maqsadida, ularni ayrim 
uchastkalarga boʻlib chiqib, issiqdan uzayishga imkon qoldirib, 
oxirgi nuqtalarini tayanchlarga mustaxkamlanadi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin