O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov


 3. AT korxonalaridagi transport vositalarining xavfsizligi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

 
8. 3. AT korxonalaridagi transport vositalarining xavfsizligi 
Zamonaviy AT korxonalari juda murakkab va koʻp tarmoqli 
xoʻjalik boʻlib, katta maydonlarni ishgʻol qiladi. Tabiiyki bunday 
maydonlarda bir yerdan ikkinchi yerga tashish uchun xilma-xil 
transport vositalari ishlatiladi. Bundan tashqari sexlarda transport 
vositalari ishlab turadi. Bular osma konveyerlar, yuk liftlari, pol 
ustida yuruvchi aravachalar, tirqishli konveyerlar, aravachalarni 
sudrab yuruvchi konveyerlar, havo oqimi yordamida ishlaydigan 
transport vositalari va h. k.
AT korxonalarida qoʻllanadigan barcha avtomashina va 
avtopoyezdlar “Avtomobil transporti korxonalari uchun xavf-
sizlik qoidalari” talablariga toʻliq javob berishi kerak.
Sexlardagi tashish vositalari esa ma’lum aniq marshrut 
boʻylab yurishlari va bu marshrutlar odamlar gavjum yoʻlaklar 
ustidan oʻtmasligi kerak. Aravacha, ilgak va zanjirlarning 
tepadan tushib ketmasligini ta’minlovchi moslamalar bilan 
ta’minlanishi kerak. Bu konveyerlar odamlar yuradigan yoʻl 
bilan kesishgan yerlarda himoya toʻsiqlari bilan ta’minlanadi.
Gazli idishlarni yuklash va tushirishni ta’minlash uchun yuk 
joʻnatuvchilar va qabul qiluvchilar avtomobil korpusining pol 
darajasida maxsus jihozlangan platformalarga ega boʻlishi kerak.
Yonuvchan suyuqliklarni tashishda baxtsiz hodisalarning 
oldini olish uchun avtomashinalarning harakatlanishi belgilangan 
marshrut boʻyicha, yozma yoʻl varaqasi boʻyicha amalga 
oshirilishi kerak, avtomobillarda oʻt oʻchirish moslamalari 
boʻlishi kerak, oʻchirgichlarning chiqindi quvurlari uchqun 


92 
oʻchirgichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Xavfli yuk 
boʻlgan mashinani toʻxtatganda, tormozi bilan toʻxtatish kerak.
Xavfli yuklarni tashuvchi shaxslarga tegishli sertifikatlar 
berilishi kerak. Sertifikatlarni berish bilan bir qatorda, haydov-
chining ma’lumotlari bilan instruktaj oʻtilgan sanasi koʻrsatilgan 
karta toʻldiriladi. Ushbu hujjatlar korxonaning kadrlar boʻlimida 
saqlanadi.
Yuklarni tashish uchun paketlar, qutilar va konteynerlardan 
foydalanish avtotransport vositalaridan foydalanish samarador-
ligini oshirish, ishlov berishni yanada kompleks mexanizatsiya-
lashni qoʻllash va omborlarda saqlashni yaxshilash imkonini 
beradi. Bundan tashqari, quti va konteynerlardan foydalanish 
tovarlarni atmosfera yogʻinlari ta’siridan himoya qilish daraja-
sini oshiradi va tovarlarni maxsus ishlov berish boʻyicha ishlarni 
soddalashtiradi.
Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin