95
Barcha yangi yuk koʻtaruvchi kranlar, koʻtarish mosla-
malari (arqonlar, zanjirlar) texnik koʻrikdan oʻtishi kerak.
Ishlayotgan kranlar davriy texnik koʻrikdan kamida 12 oyda
1 marta va 3 yilda kamida 1 marta toʻliq texnik koʻrikdan
oʻtkaziladi. Toʻliq texnik koʻrikda
kran statik va dinamik
sinovdan oʻtkaziladi.
Sinovda xavfsizlik va blokirovkalash moslamalari mavjud-
ligiga e’tibor qaratiladi.
Statik sinovda kranning koʻtarish qobiliyatidan 25% ga
oshgan yuk 200-300 mm balandlikka koʻtariladi va 10
daqiqa
ushlab turiladi. Shundan soʻng qoldiq deformatsiya boʻlmasa
sinovdan oʻtkan hisoblanadi.
Dinamik sinovda nominal qiymatdan 10% ga oshgan yuk
100-200 mm balandlikka koʻtariladi va tushirilayotganda tormoz
beriladi. Agar mashina va mexanizm oʻsha zahoti toʻxtasa
sinovdan oʻtgan hisoblanadi.
Texnik ekspertiza natijalari
kran pasportida yoki ularni
roʻyxatga olish va tekshirish jurnalida navbatdagi tekshiruv
muddatini koʻrsatgan holda qayd etiladi.
Ishlash jarayonida yuk koʻtaruvchi
moslamalar va
konteynerlar ma’lum bir vaqtda davriy tekshiruvdan oʻtkaziladi,
lekin koʻpi bilan:
- traverslar - 6 oyda;
- qisqich va boshqa tutqichlar - 1 oyda;
- stroplar -10 kunda koʻrikdan oʻtkaziladi.
Tekshiruv natijalari ularni hisobga olish va tekshirish
jurnalida qayd etiladi.
Dostları ilə paylaş: