99
Ochiq ish joylarida tok oʻtayotgan biror sim uzilib, yerga
tushgan holda yoki biror elektr uskunasining yerga ulangan joyi-
dan yerga tok oʻtishi natijasida oʻsha yerda kuchlanish paydo
boʻladi. Bu zonaga kirgan odam ikki oyogʻi tegib turgan tuproq-
dagi ikki nuqta orasida (0,8 m) potensiallar ayirmasini sezadi. Bu
qadam kuchlanishi deyiladi. Qadam kuchlanishi oʻtkazgichgacha
boʻlgan masofaga va qadamning katta-kichikligiga bogʻliq.
9. 2-rasm. Yerga uzialib tushgan tokli simdan tuproqqa
tokning tarqalish grafigi.
9. 2-rasmdan koʻrinib turibdiki, yerda potensiallar ayirmasi-
ning tarqalishi giperbola qonuniga boʻysunar ekan.
Tokning tarqalish radiusi 15-20 m ni tashkil qiladi. Bu
zonadan tashqarida potensiallar ayirmasi deyarli sezilmaydi.
Simning yerga tegib turgan
nuqtasidan uzoqlashgan sari
qadam kuchlanishi keskin kamayib boradi.
l
1
masofada turgan
kishining oyoqlari orasidagi potensiallar ayirmasi
U
1
boʻlsa,
undan yaqinroq
l
2
masofadagi kishining
oyoqlari orasidagi
potensiallar ayirmasi
U
2
. Koʻrinib turibdiki
U
1
<<
U
2
. Endi shu
masofada turgan, lekin katta qadam tashlagan kishini koʻraylik –
U
3
. Bunda
U
3
>>
U
2
ligi darxol seziladi.
Bulardan
shunday
hulosa
qilish
mumkin:
qadam
kuchlanishi ta’siriga tushib qolgan
kishi avvalo tahlikaga
100
tushmasligi, shoshmasligi va qoʻrqmasligi kerak. Oʻzini qoʻlga
olib, toʻxtab, atrofni diqqat bilan nazorat qilishi, tokning yerga
oʻtishi mumkin boʻlgan joyni topishi va shu nuqtadan qarama-
qarshi tarafga
mayda qadamlar bilan yurib, shu zonadan chiqib
ketishi kerak. Qadam qancha katta boʻlsa, oyoqlar orasidagi
potensiallar ayirmasi shuncha katta boʻlishini esda tutmogʻi
kerak.
Dostları ilə paylaş: