102
sharoitlarda, metall idishlarning
ichida ishlayotganda, tok
oʻtkazuvchi polda oʻtirib yoki yotib ishlayotganda qoʻl asboblari
uchun past kuchlanish – 12 V qabul qilinadi.
Himoyalovchi yerga ulash
Mashina va dastgohlarning tok yurmaydigan metall qism-
larini ataylab oʻtkazgich yordamida yerga ulab qoʻyiladi 9. 3-
rasm). Bundan maqsad qobiqqa oʻtib ketganda u mashinani
boshqaruvchi ishchini behosdan
tegib ketgan mahalda tok
urishdan saqlaydi.
Himoyalovchi yerga ulash qurilmalari ikki xil: tashqariga
chiqarilgan (yoki bir yerga toʻplangan) va konturli (yoki bir tekis
taqsimlangan) boʻladi. Tashqariga chiqarilgan qurilmalarda
koʻpincha ulovchi asbob-uskunalar turgan sexdan tashqariga
chiqarib, ma’lum bir maydonchaga toʻplanib oʻrnatiladi.
9. 3-rasm. Himoyalovchi yerga ulash sxemasi.
1-elektrodvigatel qobigʻi, 2-yerga ulovchi, 3-qoziqlar.
Yerga ulashning bu turi asosan kuchlanishi 1000
V gacha
boʻlgan qurilmalarda ishlatiladi. Buning afzalligi shundaki,
elektrod vazifasini bajaruvchi qoziqlarni yerga qoqish uchun
103
qarshiligi kam boʻlgan (nam, serloy va sh. oʻ. ) yerlarni tanlash
imkoni bor. Konturli yerga ulashda yakka ulovchilar asbob-
uskunalar oʻrnatilgan sex konturi (perimetri) boʻylab
bir tekis
qilib joylashtiriladi. Bunda xavfsizlik kuchlanishining ulovchilar
orasida bir tekis taqsimlanishi hisobiga erishiladi (9. 4-rasm).
9. 4-rasm. Mashinalarni yerga ulash sxemalari.
a-tashqariga chiqarilgan. 1-mashinalar; 2-magistral sim;
3-elektrod qoziqlari. b-konturli yerga ulash. 1- mashinalar;
2-kontur simi; 3-elektrod qoziqlari.
Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan uskunalarda himoyalov-
chi yerga ulovchining qarshiligi yilning xohlagan paytida 4 Om
dan oshmasligi kerak.
Ochiq joylarda, xavfliligi yuqori hamda oʻta xavfli
xonalarda oʻrnatilgan elektr uskunalari kuchlanishning qiymati
42
V dan katta, xavfliligi kam boʻlgan xonalarda esa 380 V va
undan yuqori boʻlgan barcha hollarda yerga ulanishi shart.
Portlash xavfi mavjud boʻlgan xonalarga kuchlanish miqdoridan
qat’iy nazar barcha hollarda elektr uskunalari yerga ulanadi.
Dostları ilə paylaş: