104
Himoyalovchi nol simiga ulashni qoʻllashdan
maqsad ham
yerga ulashni qoʻllash kabi ixotasining buzilishi natijasida
qobiqqa tok oʻtib ketgan choqda
shikastlanish xavfini kamay-
tirishdir. Ixotaning buzilishi natijasida elektrodvigatel 1 ning (9.
5-rasm) qobigʻiga tok oʻtib ketadi. Bunda buzilgan faza bilan nol
orasida qisqa tutashuv hosil boʻladi, saqlagich 2 kuyada va
buzilgan faza avtomatik ravishda tarmoqdan uziladi.
9. 5-rasm. Himoyalanuvchi nol simiga ulash sxemasi.
1-himoyalovchi elektrodvegatel qobigʻi, 2-yengil eruvchan
saqlagich.
Nol simining yerga ulanishi juda ishonchli boʻlishi kerak.
Unga zanjirni ajratuvchi uskuna va
apparatlarni ulash mumkin
emas. Ularning uzilib ketmasligi uchun transformator oldida,
tarmoqlanish yerlarida va albatta zanjirning
oxirgi punktlarida
ulab qoʻyiladi.
Kishining tokdan shikastlanish xavfi tugʻilganda zudlik
bilan avtomatik ravishda elektr
uskunasini tokdan uzib
qoʻyuvchi qurilmalar ishlatiladi. Bu qurilma himoyalovchi yerga
ulash va nol simiga ulashlar xavfsizlikni ta’minlay olmagan
hollarda ishlatiladi.
105
9. 6-rasmda shunday sxemalarning biri keltirilgan.
Bunday
qurilmalarda aksariyat hollarda koʻchma uskunalarda qoʻlla-
niladi.
9. 6-rasm. Xavf-xatar tugʻilganda avtomatik ravishda
elektrodvigatelni tokdan uzib qoʻyuvchi qurilma sxemasi.
Ixotaning
buzilishi
yoki
boshqa
sabablar
tufayli
elektrodvigatel 1 qobigʻiga tok oʻtganda, yerga ulovchi 2 orqali
yerga oʻtib
ketayotgan tok, tok relesi TRni ishlatadi. U esa oʻz
navbatida uzib qoʻyuvchi gʻaltak UGʻ ni ishlatadi,
uning
oʻramlarida tok paydo boʻlgach, avtomatik ravishda elektro-
dvigatelni zanjirdan uzib qoʻyadi.
Dostları ilə paylaş: