128
ALANGALANISH - ochiq olov,
elektr toki uchqunlari,
radiatsion issiqlik, ichki kimyoviy jarayonlar va boshqalarning
toʻgʻridan-toʻgʻri aloqasi natijasida yuzaga keladigan yonishning
dastlabki momenti.
OʻZ-OʻZIDAN ALANGALANISH - yonuvchan moddalar
bilan aloqa qilmaydigan
tashqi issiqlik manbalari, ochiq olov
yoki choʻgʻlanma yonish mahsulotlari ta’sirida yonuvchan
moddaning yonishi. Moddalarning oʻz-oʻzidan alangalanish
haroratiga oʻz-oʻzidan yonish harorati deyiladi.
Bu harorat doimiy emas. Bosimga, uchuvchi moddalarning
tarkibiga va qattiq moddalarning nozikligiga bogʻliq.
Bosim
koʻtarilgach, yonuvchan suyuqliklarning oʻz-oʻzidan yonish
harorati pasayadi.
Masalan, benzinning yonish harorati 1 kgk/sm
2
bosimda
480°C, 10 kgk/sm
2
da - 310°C, 20 kgk/sm
2
da - 280°C, kerosin
mos ravishda - 460, 250, 210°C da yonadi.
OʻZ-OʻZIDAN YONISH - atmosfera kislorodi bilan
yonuvchan moddaning intensiv oksidlanish jarayoni. Oʻz-
oʻzidan yonish oʻz-oʻzidan alangakanishdan farq qiladi,
chunki
alangalanish tashqi issiqlik manbai ishtirokisiz sodir boʻladi.
Oʻz-oʻzidan yonish biokimyoviy, kimyoviy va fizik
jarayonlarning bosimi ostida sodir boʻlishi mumkin, va organik
moddalar, efir moylari va azot kislota ta’sirida yonadi.
CHAQNASH - bu berilgan olov yoki choʻgʻlanma jismning
ta’siridan bugʻlar
va gazlarning tez, qisqa muddatli yonishi.
Mahsulotning yongʻin xavfini aniqlashda asosiy koʻrsatkich-
lardan biri hisoblanadi chaqnash nuqtasi - yonuvchan
suyuqlikning bugʻlari havo bilan yonuvchan aralashmani hosil
qiladigan harorat.
PORTLASH - yonuvchi gaz, bugʻ
yoki changning katta
massasini oksidlovchi bilan bir zumda yutib yuboradigan va
mahsulotlarni yuqori haroratgacha qizdirish bilan birga boʻlgan
yonish.