O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov


Ladonli va aerozolli oʻt oʻchirish asboblariga



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

Ladonli va aerozolli oʻt oʻchirish asboblariga karbonat 
kislotali – brometilli oʻt oʻchirish asboblari kiradi. Ularning 
zaryadi sifatida galloidlangan uglevodorodli birikmalar xizmat 
qiladi (bromli etilen, bromli etil, tetroftordiyurometan va 
boshqalar). Bu aerozolli oʻt oʻchirish asboblari transport 
vositalari va kuchlanishi 380 V gacha boʻlgan eletktr 
uskunalarida chiqqan yongʻinlarni oʻchirishda ishlatiladi.
Hozirgi paytda aerozolli oʻt oʻchirgichlarning qoʻlda 
ishlatiladigan OAX, OUB-3A, AUB-7A rusumli, koʻchma SJB-
50 va muqim OS-8M, OF-40 va SJB-15 rusumli turlari ishlab 
chiqarilmoqda.


142 
Kukunli oʻt oʻchirish asboblarida oʻchiruvchi sifatida 
kukunli tarkiblar ishlatiladi. Bularga OP-1, OP-2- OP-2B- OP-
8B1 va boshqalar misol boʻla oladi.
Kukunli oʻt oʻchirish asboblari (OP) hozirda, ayniqsa, chet 
mamalakatlarda koʻplab qoʻllanilmoqda. Ular uch xil turda; qoʻl 
asboblari, koʻchma va muqim oʻt oʻchiruvchi asboblar sifatida 
ishlab chiqarilmoqda. Oʻt oʻchirish vositasi sifatida umumiy va 
maxsus qoʻllaniladigan kukunlar ishlatiladi. Umumiy kukunlar 
tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar, gazlar, yogʻochlar va 
boshqa uglerodli moddalarni oʻchirishga moʻljallangan. Maxsus 
kukunlar esa ishqorli metallar, alyuminiy, kremneorganik birik-
malar va boshqa oʻz-oʻzidan yonuvchi mahsulotlarda sodir boʻl-
gan yongʻinlarni oʻchirish uchun moʻljallangan.
OP-10 rusumli kukunli oʻt oʻchirgich quyidagi qismlardan 
iborat: poʻlat korpus, qopqoq, tirgakli – ishga tushirish qurilma-
sini ulagich nippeli, ishchi ballon, sifon naychalar va ichki 
aerodinamik qismi, ortiqcha bosimni chiqarish klapani, elka, 
ninasimon shtok. OP-10 rusumli oʻt oʻchirgichning ishlash tarti-
bi quyidagicha: ishga tushirish elkasi bosilganda qoʻrgʻoshin 
tamgʻa buziladi va ninasimon shtok ballonning membranasini 
teshadi. Ishchi gaz (karbonat angidrid, havo, azot va boshqalar) 
ballondan nippelning me’yorlov teshigi orqali sifon naygacha 
oʻtib, ichki aerodinamik qismiga keladi. Sifon naychasining 
markazida (uning uzunligi boʻyicha) qator teshikchalar boʻlib, 
shular orqali ishchi gazning bir qismi chiqib, kukunni 
qoʻzgʻatadi va changsimon holatga keltiradi. Hosil boʻlgan havo-
kukunli massa bosim ostida qopqa orqali tashqariga chiqadi va 
uni yongʻin oʻchogʻiga uzatiladi. Kukunli oʻt oʻchirgichdan 
foydalanganda, uni agʻdarmasdan qat’iy tik tutish kerak.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin