143
20VSE, OU-80VSE (12. 5 a-rasm), havo koʻpikli – OVP-50,
OVP-100 (12. 5 b-rasm), kukunli OP-100 (12. 5 c-rasm)
koʻchma oʻt oʻchirish vositalari qoʻllaniladi. Shu bilan bir
qatorda qurama, ikki zaryad koʻpik hosil qiluvchi modda bilan
suv qorishmasi va kukundan tashkil topgan OK-100 markali
koʻchma oʻt oʻchirish vositasi ham qoʻllaniladi.
U yengil
yonuvchi va yonuvchan suyuqliklarni, gaz va choʻgʻlanuvchi
moddalarni oʻchirishda ishlatiladi. Koʻchma oʻt oʻchirish
asboblari ishlatilishda biroz noqulaydirlar. Ularni ishga tushirish
uchun koʻpik generatorini, koʻpik chiqaruvchi klapanni yechib
olish, koʻpik hosil qilish uchun
ichakni chuvatib yechib olish,
ballondagi qoʻrgʻoshin tamgʻani uzib tashlash va dastakni strelka
boʻyicha oxirigacha qaytarish ishlarini bajarish kerak.
12. 5-rasm. Koʻchma oʻt oʻchirgichlar. a-karbonat kislotali;
b-koʻpikli OP-100 koʻchma oʻt oʻchirish vositasi; c-OP-100
kukunli oʻt oʻchirish vositasi.
Bulardan farqli ravishda, muqim oʻt oʻchirish
vositalari
yongʻinni oʻchirishda doimo tayyor holda boʻladi. Bu ularning
katta afzalliklaridan biridir. Hozirgi paytda karbonat kislotali
OSU-5, OSU-5P, havo-koʻpikli OVPU-250; xladonli OS-8M,
b)
a)
c)
144
OS-8MD, OF-40, kukunli OP-250 muqim oʻt oʻchirish
uskunalari ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Muqim oʻt oʻchirish
uskunalari qoʻlda va avtomatik ravishda yongʻin haqida xabar
beruvchi asboblar yordamida ham
ishga tushirib yuborilishi
mumkin. Muqim oʻt oʻchirish uskunasining ishlash uslubi 12. 6-
rasmda koʻrsatilgan.
12. 6-rasm. Muqim oʻt oʻchirish uskunasi sxemasi.
Yongʻindan himoya qilinishi zarur boʻlgan xona 1 shiftiga
avtomatik ravishda oʻt oʻchirish uskunasining quvurlari 2, ularga
oʻrnatilgan oʻt oʻchiruvchi kallaklari 3 va yongʻin haqida xabar
beruvchi vosita 4 bilan xabar beruvchi tarmoq ulangandir.
Xonaning biron erida yongʻin chiqsa, oʻsha yerdagi xabar
beruvchi vositaga ta’sir qilib va elektr tarmogʻi boʻylab buyruq
beruvchi apparat 7 ga xabar keladi
va bu xabar ijro etuvchi
mexanizm orqali ishlatib yuboruvchi uskuna 8 ga beriladi. Oʻz
navbatida bu uskuna oʻt oʻchirish sistemasi 9 ni ishlatib yuboradi
(sxemada azot toʻldirilgan balonlar koʻrsatilgan) undagi oʻt
oʻchiruvchi modda 6 va 2 quvurlardan oʻtib oʻt oʻchirish
kallaklari uchiga etib boradi. Yongʻin haqida xabar beruvchi
vosita 4 ishlagach, boʻyruq beruvchi apparat 7 yongʻin vahimasi
haqida xabar beruvchi uskuna 11 ni ishlatib yuboradi. Muqim oʻt
oʻchirish sistemasini ishlatib yuborish, yuqoridagidek avtomatik
ravishda hamda 10-qoʻlda yurgazib yuborish boshqarmasi orqali
amalga oshirish mumkin.
145
Temir yoʻl korxonalarida aksariyat yuqorida zikr qilingan
oʻt oʻchirish tizimi suv ta’minoti tarmoqlari bilan ulangan
boʻladi. Avtomatik oʻt oʻchirish
tizimi bilan xom ashyo va
tayyor mahsulot omborlari, yigiruv fabrikalarining saralash,
chiqindilarni qayta ishlash, changli
havoni tozalash xonalari,
toʻquv va pardozlash fabrikalarining mahsulot sifatini nazorat
qilish sexlari, tayyor mahsulot omborlari va umuman yonuvchi
moddalar koʻp miqdorda toʻplanadigan sex yoki xonalarga
oʻrnatiladi.
Dostları ilə paylaş: