O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti



Yüklə 2,95 Mb.
səhifə117/194
tarix21.09.2023
ölçüsü2,95 Mb.
#129246
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   194
1709 (3)

1-ilova

Mavzu: Mehnat ta`limida tadqiqot metodlari
Reja:
1. Kuzatish.
2.Suhbat.
3.Pedagogik ekskursiY.
4.Lobarotoriya eksperiment.
Maqsad: Talabalarda mashg’ulotga tayyorgarligini kuzatish, suhbat, pedagogik ekskursiya va laboratoriya eksperiment metodlari bilan tekshirish.
Natija: Talabalar mashg’ulotga tayyorgarlik jarayonida kuzatish, suhbat, pedagogik ekskursiya va laboratoriya eksperiment metodlarini tushunadilar dars Tezkor savollar:
1. Metodlar haqida umumiy tushuncha?
2. Kuzatish metodi?
3. Suhbat metodidan maqsad?
4. Ekskursiyalar qanday tashkil etiladi?

2 – ilova.

Talabalarga mehnat ta`limi tadqiqot metodlari haqida tezkor savollarBesh minutlik esse”.
Yozma topshiriqning ushbu turida talabalardan quyidagi savollarga javob yozishlari topshiriladi: mazkur mavzu boyicha ular nimalarni o’rganganliklarini mustaqil bayon etish va ular baribir javobini ololmagan bitta savol berish so’raladi.
1-savol
Tadqiqotchi mehnat ta`limi darslarida ko’proq qaysi tadqiqot metodlaridan foydalanadi deb oylaysiz. Buning sabablarini va o’z fikringizni asoslab bering.
2-savol
Tadqiqot jarayonlarida metodlarning noto’g’ri tanlanganligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
3-savol
Tadqiqot natijalarining qanchalik aniqlikda olinishi nimalarga bog’liq deb oylaysiz? Javoblaringizni asoslab bering.

3 - ilova

Kuzatish - odatda tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta`lim tarbiya ta`siri ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi. Bu usul tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko’zda tutib idrok etishi tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish ob`ekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi
Nazariy usul — adabiyotlardan o’rganish va tahlil qilish hamda pedagogik tajribalar asosida olib boriladigan izlanishlar. Adabiyotlar ustida ishlashda kitob va jurnallar, maqolalar va patentlar, ilmiy ishlar, to’plamlar va kataloglar, internet tizimidan olingan ma`lumotlardan foydalaniladi.

Suhbat usuli — so’rashning bir turi bo’lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko’rishini talab etadi. Chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo’lish vaqtida og’zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan, erkin muomala shaklida qo’llaniladi.
Suhbat usulida - o’qituvchilar va talabalar jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan yakka va guruh tarzida ish olib borilganda qo’llaniladi. Suhbat usulidan farqli ravishda intervyu olish usuli oldindan belgilangan savollarni izchillik bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so’rash nazariyasi va praktikasida intervyu olishning ko’p usullari mavjud. Bular:
- guruhlar tarzida;
- intensiv;
- sinov va h.k.
Talabalar ijodini o’rganishda – ularning o’ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, xulosalar yasaladi.

4 - ilova


Yüklə 2,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin