Fanni o‘qitishdan maqsad – Fani o’qitishdan maqsad-talabalarni har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta`lim-tarbiya ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g`oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta`lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs-Texnologiya ta`limi, kasb tanlashga yo’llash o’qituvchisi sifatida shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - Fanning vazifasi pedagogik-psixologik bilimlarni o’quvchilarda umumtexnologiya, kasb tanlashga yo’llash va umumkasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayonida tadbiq etish; pedagogik–psixologik bilimlar, bevosita tanlangan sohalarga va yangi pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish; maktablarda Texnologiya ta`limi, kasb tanlashga yo’llash hamda kasb tanlashga yo’llash darslarini o’qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini o’rgatishdan iborat.