O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


bular G’azo sektori, Iuden va Samariya rayonlaridir



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə14/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

bular G’azo sektori, Iuden va Samariya rayonlaridir. U tomonlarga turistlarni
hyech kim boshlab bormaydi. U yoqlardan yirik Isroil turistik markazlariga yetib
borish juda mushkul. Bugun ayanchli mashhur Tel-Aviv va Quddusdan tashqari,
Isroilda O’lik dengiz va Qimzil dengizdagi Eylatda mutlaqo osoyishta kurortlar ham
bor.
Misrda huquq-tartibotni saqlash kuchlari jinoyatchilik vaziyatini qat’iy nazorat
qilishga intilmoqda va xorijiy turistlarga qarshi har qanday harakatni shafqatsizlik
bilan bartaraf etayapti.
Rossiya ham turistik infratuzilmalarga terrorizm jiddiy tahdid solayotgan
mamlkatlardan hisoblanadi. Tabiiyki, bu huquq-tartibot organlari tomonidan
xavfsizlikning shafqatsiz chora-tadbirlarini ko’rishni taqozo etadi. Boshqa tomondan,
bir qator kurortlarni Kavkazdagi “Qaynoq nuqtalar”da joylashgani bu joylarda turizm
hajmini pasaytirib yubormoqda. O’zbekiston faol terroristik faoliyat hududi
hisoblanmasada, Afg’oniston va Tojikiston singari siyosiy va kriminal notinchlik
humkron davlatlar bilan qo’shniligi mamlkatga potensial xaridorlar qiziqishini bir
muncha susaytiradi. AQShdagi 2001 yil 11 sentyabr voqyealaridan keyin
Afg’onistonda boshlangan antiterroristik operasiyalar ham turistik oqimlarga aks
ta’sir etdi, ayrim baholarga ko’ra, ularning hajmi avvalgi yillarning shu davriga
nisbatan sezilarli qisqargan.
36



Shubha yo’qki, turistlarni borayotgan mamlakatdagi siyosiy vaziyat va


jinoyatchilik darajasi, mahalliy aholi ksenofobiyasidan xabardor qilinishi
O’zbekistondan chetga chiqayotgan fuqarolarni xavfsizligini ta’minlovchi turistik
korxonalarning birinchi darajali vazifalari hisoblanadi. Albatta, bunda davlat
tashkilotlari muhim rol o’ynaydi. Xususan, Tashqi ishlar vazirligi. Masalan, AQShda
Davlavt departamenti amerikaliklarni sayyoramizdagi siyosiy vaziyat noqulay
hududlardan o’z vaqtida xabardor qiladi va juda ham zarur bo’lmasa u yerlarga
bormaslikni maslahat beradi.
Xavfsizlik – hayot va sog’likni muhofaza qilishdan ham kengroq tushuncha.
Bu turistlarni himoya qilish, mulki, yuki, xavfsizligi, sog’ligi, hayotini saqlash,
sayohat chog’ida kelib chiqadigan ko’ngilsizliklar va ixtiloflarni oldini olish,
qo’riqlash kabi keng qamrovli choralarni o’z ichiga olgan sistemadir. Misol uchun,
bir qarashda arzimaganday tuyulgan vaziyatni olaylik: o’zbekistonlik, qaysidir
mamlakatga kelgach, 220 volt va 50 Gs chastota quvvatga ega elektr energiyasida
ishlovchi elektr asbobdan (elektrustara, fen, uyali telefon va boshqalar) foydalanadi.
Lekin bu standartlarga ayrim mamlakatlarda amal qilinmaydi. Shu jihatdan turli
mamlkatlarda elektr ta’minoti sistemasida ishlar qandayligini ko’rib chiqamiz.
- Avtraliyada elektr tarmog’ida kuchlanish 240/250 volt, o’zgaruvchan tok
chastotasi 50 Gs., shtepsel rozetkasi teshigi uchta. Kuchlanishdan foydalanish va
o’tkazgichlarni tarmoqqa ulash uchun Yevropa va Osiyo elektr priborlarini ishlatish
mumkin (ularni Avstraliyada ham sotib olish mumkin);
- Andorrada tarmoqdagi kuchlanish 240 v, 50 Hz4
- Braziliyada turli shtatlarda elektr energiyasi turli kuchlanishda, Rio-de-
Janeyro va San-Paula singari yirik shaharlarda masalan, 110 yoki 120 volt. Salvador
va Manauseda – 127 volt, Resifi, Braziliya va boshqa ko’pgina shaharlarda – 220
volt. Rozetkaga tiqiladigan vilkalar ham har xil: ikki ayrili, uchta ayrili yoki yumaloq
shakldagi, tiqichli;
- Buyuk Britaniyada kuchlanish 240 volt, buning ustiga elektrustara, fendan
foydalanish uchun uchta tiqichli vilka o’tkazgich zarur;
37



- Venesuelada elektr kuchlanishi 120 V, 60 Gs (Valensiya – 50 Gs), vilka –


ikki yassi tiqichli yoki uch tiqichli: biri yumaloq, ikkitasi yassi;
- Donimikan Respublikasida tarmoqda kuchlanish 220 V, tok chastotasi 60 Gs,
yassi rozetkalar uchun adaptyorlar kerak;
- Indoneziyada elektr kuchlanishi 220 V (Bali orolida – 220 va 110 V), elektr
ta’minotida uzilish bo’lib turadi;
- Irlandiyada standartli elektr kuchlanishi – 230 volt (50 Gs). Bu qit’a mayda
maishiy priborlaridan foydalanish uchun. Albatta turist ularni o’zi bilan olishi
mumkin, bu yo’l qo’yiladigan standartlar. Ammo Irlandiyada elektr rozetka uch
teshikli, shuning uchun o’tkazgich zarur bo’ladi;
- Ispaniyada – 50, 100 va 220 voltli o’zgaruvchan tok;
- Keniyada kuchlanish 240 volt, rozetka ingliz standartida, agar vilka mos
kelmasa, qabul qilish va joylashtirish xizmatida adaptyorlar bor. Lojalarda elektr
termogeneratordan olinadi va kechasi uzib qo’yiladi – nomerlarda sham bor, lekin
lojalarda hamma joylarda quyosh batareyasi energiyasiga o’tiladi;
- Kiprda tarmoq kuchlanishi – 240 V, 50 Gs;
- Kubada – tarmoqdagi kuchlanish – 110/120 volt, 60 Gs, yassi rozetkalar
uchun adaptyorlar zarur;
- Kosta-Rikada tarmoqda kuchlanish 110 volt, otellarda elektrpriborlari uchun
o’tkazgich bo’lgani ma’qul;
- JARda kuchlanish 220/250 V. Ammo videokamerani zaryadlash va fen uchun
maxsus adaptyorlardan foydalanish zarur. Adaptyorni ro’yxatdan o’tiladigan joydan
so’rab olish mumkin;
- Yamaykada – tok 110 V, 50 Gs. Odatda barcha zarur elektr priborlarni har
qanday mehmonxona taqdim etadi;
- Filippinda – 220 V, 60 Gs, Bagioda – 110 V;
- Fidjida – 240 V, 50 Gs;
- Yangi Zelandiyada – 230, 50 Gs, vilka uchta yassi tiqichli.
Ko’rib turibsizki, elektr tarmoqlaridan foydalanishda kuchlanishlar juda xilma-
xil va keng. O’zining elektr asbobini mahalliy sharoitga moslashtiraman deb turist
38



har xil narsalardan foydalanmoqchi bo’ladi, ammo bu o’z hayoti va sog’ligiga, otel


buyumlariga qanchalik zarar yetkazishi mumkinligini unutib qo’yadi. Bunday
“eksperimentlar”dan keyin qisqa tutashuvi ro’y berishi, yong’in chiqishi mumkin.
Eng yomoni turist o’zini va boshqa yashovchilarni hayotini xavf ostida qoldiradi.
Katta miqdorda zarar yetkazadi. Shunday qilib, ana shu arzimagan narsadek tuyulgan
holat xavfsizlik muammolariga jiddiy taaluqlidir.
Boshqa tomondan, xavfsizlikning boshqa holatlari ham borki, safar chog’ida
turist unga duch kelishi mumkin. Masalan, mehmonxonada unga hujjat – check out
yozib berishlari mumkin. Unda yashash davomida ko’rsatiladigan barcha xizmatlar
uchun to’lovlar aks etgan bo’ladi. Tabiiyki, mehmonxona qancha yuqori kategoriyali
bo’lsa, huzur-halovat uchun shunch ko’p to’lashga to’g’ri keladi. Lekin bunda
belgilanganidan ziyod to’lab yubormaslik uchun e’tiborli bo’lish talab etiladi. Buning
uchun esa moliyaviy xavfsizlik bilan bog’liq bir necha qoidalarga rioya qilish lozim
bo’ladi.
Agar turist ikki kishilik nomerda yashasa, guruhining notanish a’zosi bilan
birga turib qolsa, choyshablarni yuvish uchun topshirayotganda bir varaqchaga
albatta ismi-sharifini yozib qo’yishi shart, bu choyshablarga tirkab qo’yiladi
(qo’shnisi uchun ham shunday qilish maslahat beriladi). Aks holda nomerga umumiy
hisob yoziladi va maishiy xizmatga kim ko’proq murojaat etganini ajrim qilishga
to’g’ri keladi.
Ikkinchi holat. Otelda yashovchi har safar yegan ovqati, ichgan viskasi uchun
pul to’lashi shart emas, faqat o’z xonasi nomeriga hisob ochirib, qo’l qo’ysa bas.
Uzil-kesil hisob-kitob mehmonxonadan ketayotganida amalga oshiriladi. Bu albatta
barmen va ofisiantga naqd pul to’lagandan ko’ra tejamli, choy puli bermaysan, qo’l
qo’yaturib, turist hyech kimdan qarzdor emas. Lekin unga hisob bo’yicha pul
to’layotganda e’tiborli bo’lish tavsiya etiladi, kompyuter to’lov varaqasidagidan
tashqari, kvitansiyaning o’zini ham talab qilish lozim, unda albatta turistning imzosi
bo’lishi kerak. Negaki, umumiy hisobda u yemagan, ichmagan narsalarni ham
qo’shib qo’yishlari mumkin. Albatta, ataylab emas, hammada ham adashish bo’lib
turadida.
39



Mini barlar va kabelli televideniyedan foydalanganda esa qo’shni bilan kim


nimaga, qancha to’laydi, kelishib olinishi kerak.
Uchinchi aspekt. Bu moliyaviy xavfsizlik bilan bog’liq. Xususan, turistlarni
behuda sarflariga taaluqli. Rossiyaning “Voyaj” jurnali yozishicha, dam olish,
safarlar va sayohatlar chog’ida behuda sarflar foizi ayniqsa katta. “Chet el puli bilan
tanish bo’lmagan kishi avvaliga uni pul o’rnida ko’rmaydi, - deb yozadi ekspert Petr
Zabolotnev. – biz u yoki bu pul belgilariga ko’nikamiz, lekin yangi tur kupyuraga
ruhiy ishonch avtomatik ravishda kelmaydi. Shuning uchun ham pulni almashtirish
bo’yicha davlat operasiyalarini aholi og’rinib qabul qiladi. Yangi pul belgisini esa
“noto’g’ri” hisoblab, tig’ bilan qarshi olishadi. Rang-barang ko’rinishdagi yangi bir
bo’lak qog’oz haqiqiy qiymatini his qilish uchun kishiga vaqt talab qilinadi. Va
hozircha bu vaqt o’tar ekan, sayohatchi allaqachon sezmagan holda jamg’armasining
hammasini sovurib ulguradi, lekin qizil golland chumolisi, shveysar alpinistlari yoki
o’rdak burun tasviri tushirilgan avtraliya tangalari – bular haqiqiy pul ekanligini
oxirigacha anglab yetmaydi. Bundan tashqari, bizning bugungi turist ponchik sotib
olishdan oldin hayolida misli ko’rilmagan operasiyani amalga oshirishi – mahalliy
valyutani dollarga, dollarni – rublga aylantirishni hisoblab chiqishi zarur, rublni esa
hayolan pullaydi”.
Shu munosabat bilan turistda darhol dollarni konvertasiyalash bo’yicha batga,
manatga, guldenga, rupiyaga, shekeliga, somga va pfennigiga hisoblash zarurati
tug’iladi. Unga maksimum mablag’ va zarur minimum harajatlarni aniqlash lozim
bo’ladi, qaysikim, bu harajatlarni har kun davomida sarflashi kerak. Rupiyaning
kundalik me’yoridan kelib chiqib, ponchikning optimal narxi tanlanadi.
Ma’lumki, sayohat chog’ida juda katta miqdorda nokerak narsalar xarid
qilinadi, xususan, suvenirlar, ularga turistlar tovarlar va xizmatlar xarid qilish uchun
ajratib qo’ygan pullarining 60 %gacha sarflab qo’yishadi. Gap turning u yoki bu
kunlarini eslatib turuvchi sayohat yoki suvenirlar ashyoviy dalili ustida ketmayapti.
Gap unchalik zarurati bo’lmagan narsalarga behuda pul sarflash to’g’risida,
keyinchalik ularni uyda chang bosib yotishi haqida borayapti. “Suvenir pullari”
ehtimol jiddiy xizmatlarga yetmasligi mumkin. Shuning uchun turist biror narsa sotib
40



olishidan oldin, unga uncha katta bo’lmagan tajriba o’tkazishni taklif qilish zarur.


Mayli u o’zi yaxshi ko’rib qolgan suvenirning hayolan ko’p yillardan buyon
egasiman deb tasavvur qilsin. Keyin yana bir marta unga qarasin va uzil-kesil sotib
olishni hal etsin. Agar turist bunga qat’iy qaror qilsa, so’ralgan summani chorak
bahosigacha tushirishga erishishi mumkin.
Moliyaviy xavfsizlik haqida gapirilar ekan, u yoki bu pul mablag’laridan
foydalanish muammosini ham ko’zdan qochirmaslik zarur. Misol uchun,
Avstraliyada kredit kartochkalari yordamida – birinchi navbatda Visa va Mastercard,
shuningdek boshqa major credit cards orqali hamma joyda to’lovni amalga oshirish
mumkin: magazinlar, restoranlarda. Ammo bunda kartochkadagi pulni naqdga
aylantirish juda noqulay: xizmat uchun 15 % haq olinadi. Agar turist buni bilmasa
ko’ngilsiz ajablanishi turgan gap. Venesuelada dollar va boshqa turdagi valyutalarni
sotib olish qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Shuning uchun buyuruvchiga nima xarid
qilinmoqchi bo’linsa, bolivlarga shunga yarasha summa o’tkazish tavsiya qilinadi,
ziyod emas. Oyning birinchi dushanbasi (banklar yopiq bo’ladi)da va dam olish
kunlari arafasida bankomatlarga navbat juda uzun bo’ladi, ularda naqd pul kunnng
yarmiga bormay tugashi mumkin. Misrda mamlakatdan chiqib ketishda qolgan
funtlarni yana dollarga almashtirish mumkin, shuning uchun pul almashtirilganligi
haqidagi kvitansiyani asrab qo’yish tavsiya etiladi. Hindistonda ham shunday vaziyat:
valyuta almashingani haqidagi kvitansiyani asrab qo’yish zarur. Negaki, u
samolyotga bilet olish va rupiyani yana qat’iy valyutaga almashtirishda talab qilinadi.
Tabiiyki, turist bu haqda ham xabardor qilingan bo’lishi lozim.
Sayohat chog’ida o’z harajatlarini nazorat qilish maqsadida dam olishga
mo’ljallangan kredit kartochkasini albatta birga olish zarur. “Bu o’ta qurumsoqlikka
o’xshab ketadi, albatta. Lekin xavfsiz va ishonchli” deb yozadi ekspert Petr
Zabolotnev. – Ko’zda tutilmagan harajatlar qilishga imkonsizlik – bu harajatalrning
eng yaxshi ehtiyot chorasi”.
Xavfsizlikning yana bir ehtiyot chorasi – ekskursiyalar sonini haddan oshirib
yubormaslikdir. Gap shundaki, taassurotlar mo’l-ko’lligi bu taassurotlarni yo’qotib
yuboradi. O’sha turofirmalar paketlarida ekskursiyalarga alohida to’lanadi, ular esa
41



o’z mijozlariga bir kunda uch-to’rtta to’lamasshtabli ekskursiyalarni taklif qiladilar.


Yana deng bu birinchi kelgan kuniyoq ro’y beradi, negaki ekskursiyaga qayta
buyurtma berish kerak. Turistlar odatda hali kuch to’plab, moliyaviy ahvolini aniqlab
olishmagan bo’lishadi, ular o’z zimmalariga haddan ziyod ekskursion majburiyatlarni
qabul qiladilar, tabiatiga qiziqish ko’pincha to’da instinkti ularni chalg’itib qo’yadi.
Ammo bir necha kun o’tgach, odam charchaydi, hammasiga pul to’lab qo’yilgan
bo’lsada, diqqatga sazovor joylar bo’ylab ekskursiyani rad etadi.
Shunday bo’lsada, har qanday turistik markazda byuro bor, u yerda istagan
ekskursiga bevosita buyurtma berish mumkin. Bir yo’la yigirma beshtagacha emas,
bittaga albatta. Bir hafta oldin emas, boshlanishiga bir necha soat qolganda. Turgan
gap, uning narxi otelda taklif etiladigandan ancha arzondir.
To’rtinchidan, umumiy xavfsizlik masalalariga shuningdek turist xulq-atvori
xususiyatlari va nisbatan nozik joylar, qaysikim chet elliklarga turli sabablarga ko’ra
(diniy, irqiy, siyosiy, jinoiy, madaniy va boshqalar) kirish ta’qiqlangan hollarni ham
kiritish lozim. Aks holda tashrif buyuruvchi o’zining sog’ligi va hayoti yoki mahalliy
qonun tomonidan jazolanish bilan bog’liq murakkab vaziyatga tushib qoladi.
Xususan, Indoneziyada chet elliklarga dengiz portiga kirish ta’qiqlangan. Unga amal
qilmagan tashrif buyuruvchini jiddiy jarima kutadi. Xuddi shunday chet elliklarga
ayrim rayonlarga kirish ta’qiqi va cheklovlar Turkmanistonga keluvchilar uchun
ham joriy etilgan. Bundan tashqari, turistlarni turli davlat strukturalarida ro’yxatdan
o’tish qoidalari haqida xabardor qilish zarur. Misol uchun, diplomatik yoki xizmat
maqomiga ega O’zbekiston fuqarosi Hindistonga uch oydan ziyodroq vaqtga
yetganida milliy tashqi ishlar vazirligida ro’yxatdan o’tadi. Umumiy fuqarolik
pasporti bilan kelgan o’zbekistonliklar esa uch oydan ziyod vaqtga tashrif
buyurishgan bo’lsa, yetti kun ichida ro’yxatdan o’tkazish hududiy byurosida (shaxsan
borishga majbur) ro’yxatdan o’tishlari shart. Bunda bir yil muddatga yashash uchun
ruxsatnoma ham beriladi va keyinchalik uzaytiriladi. Vizani uzaytirish uchun
belgilangan miqdorda to’lov olinadi. Bo’lish rejimini buzganlik uchun mamlakatdan
chiqarib yuborishi, qo’lga olingunicha tafsilotlarni aniqlash maqsadida pul jarimasi
va uch oygacha qamoq jazosi qo’llaniladi.
42



O’zbekiston fuqarolari Hindiston bo’ylab erkin harakatlanish huquqidan


foydalanishadi, chet elliklar tashrifi ta’qiqlangan rayonlar bundan mustasno, albatta.
Bunday rayonlarga safar uchun o’zbek xorijiy muassasalari xodimlari mamlakat
tashqi ishlar vazirligi yoki shtatlardagi uning bo’limlaridan maxsus ruxsatnoma
olishlari talab etiladi.
Islandiyaga tashrif buyurgan o’zbek fuqarolari bir oydan ziyod bo’lmagan
muddat ichida Immigrasiya xizmatidan (boshqa shaharga borishganda polisiyadan)
ro’yxatdan o’tishiga majburlar va kelgusida bo’lish va yashash uchun ruxsat olishlari
zarur. O’zbekiston fuqarolariga harakatlanish uchun cheklovlar yo’q. Chet elliklar
tashrifi uchun yopiq rayonlar faqat Amerika harbiy obyektlarigina hisoblanadi.
Kosta-Rikada 30 sutkaga kelganlar uchun ro’yxatdan o’tish talab qilinmaydi.
Agar turistlar mamlakatda ushlanib qolishga qaror qilsalar, migirasiya bosh
boshqarmasi va chet elliklar xavfsizligi vazirligida bo’lishi va muddatini 60 kunga
uzaytishlari mumkin. Mamlakatda o’zbek fuqarolari harakatlanishi uchun cheklov
yo’q.
Beshinchi aspekt haqida gapira turib, turistning xulqi va begona mamlakatda,
avtotransport boshqarishda shaxsiy xavfsizligi to’g’risida ham to’xtab o’tish lozim
bo’ladi.
Tabiiyki, turist barcha yo’l harakati qoidalarini bilishi kerak. Ammo har bir
mamlkatda uning o’ziga xos spesifik xususiyatlari amal qiladi, qaysikim, buni
oldindan bilib qo’yish zarar qilmaydi. Aytaylik, Malayziyada avtomobilni bir qator
shartlar bilangina ijaraga olish mumkin: turistning yoshi 23 dan kam, 60 dan yuqori
bo’lmasligi, xalqaro haydovchilik guvohnomasiga ega bo’lishi lozim. Agar faqat
milliy – o’zbek guvohnomasi bo’lsa, yo’l transporti vazirligidan maxsus ruxsat
olishga to’g’ri keladi.
Keniyada ijaraga mashina olganlar uchun yo’l harakati qoidalari biroz
boshqacha: bu yerda harakatlanish chap tomonda. Asfalt yo’llarda yo’l qo’yilgan
maksimal tezlik soatiga 100 km/s, qishloq oralab o’tgan yo’llarda 70 km/s, aholi
punktlarida – 55 km/s, qo’riqxonalarda – 25 km/s. Yo’llar holati yomon bo’lganda,
shofyorli mashina yollagan xavfsizroq, mahalliy shofyorlar har qanday kutilmagan
43



hollarda ham avtomobilni boshqarishga usta. Agar turist mashinani o’zi mustaqil


boshqarishni hohlasa, unga xalqaro hayvodchilik guvohnomasi zarur.
Hindistonda allaqachonlardan buyon ishlayotgan ayrim turfirmalar o’z
mijozlariga zo’r bo’lib, bu mamlakat yo’llarida avtomobilda sayohat qilmaslikni
o’qtiradilar. Hindiston yirik shaharlari yo’llarida o’lim bilan tugaydigan
avtohalokatlar soni jahonda eng ko’p hisoblanadi. O’ziga ishonch, haydovchilik
mahoratiga ega bo’linsagina avtomobil ruliga o’tirish mumkin. Germaniyada turist
milliy hayvodchilik guvohnomasi bilan avtomobilda yurishi mumkin, lekin xavfsizlik
kamari doimo bog’langan bo’lishi shart, 8 yoshgacha bo’lgan bolalar esa orqa
o’rindiqqa mahkamlangan maxsus kresloda olib yuriladi.
Xavfsizlik – davomiyligi, geografiyaviy xususiyatlaridan qat’iy nazar barcha
turlar uchun asosiy qoidadir.
Sun’iy xavf-xatar (jinoiy, moliyaviy harajatlar, aholi ksenofobiyasi)dan
tashqari tabiiy xavf-xatar ham mavjud. Aytaylik bu vulqonlar, odamlar salomatligiga
zarar yetkazuvchi yovvoyi hayvonlar, o’simliklar bo’lishi mumkin. Bu ayniqsa
maxsus turlarga taaluqlidir. Misol uchun, Keniyani olaylik, bu yerda milliy park
hududida bo’lganda qo’riqchisiz yashash joyidan nariga chiqish ta’qiqlanadi, parkni
aylanganda esa gidning ruxsatisiz mashinadan chiqish mumkin emas. Keniyada
boshqa Janubiy Afrika mamlakatlaridan farqli ravishda yovvoyi hayvonlarni ovlash
qat’iyan mann etilgan. Uni buzish katta pul jarimasi, hatto ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
Germaniyada baliq ovlamoqchi bo’lgan turist baliq ovlash bilan bog’liq
qoidalarni bilishi to’g’risida imtihon topshirgani to’g’risida guvohlik beruvchi
maxsus sertifikatga va zarur asboblar (masalan, tutilgan baliqni o’ldirish uchun
bolg’a)ga ega bo’lishi kerak. Agar ular bo’lmasa, turistga jarima solinadi. Bundan
tashqari, turist tutilgan baliq qiymatini yaqindagi magazinga to’lashi va zarur
bo’lganda chekni yeger yoki polisiyaga ko’rsatishi talab etiladi.
Aftidan, safar chog’ida xavfsizlik sxemasini yo turistning o’zi, yo turfirma
ishlab chiqishi, tahdid darajasi va ko’lamini aniqlashi zarur. Bunday holatlarda
ko’ngilsiz omillarni bir jadvalga kiritish zarur bo’ladi (2.2-jadvalga qarang).
44



2.2-jadval


Xavf-xatarni baholash va bartaraf etish choralari

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin