O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə45/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Xitoy Xalq Respublikasi. Xitoyga kelgan chet ellik fuqarolarga poshlinasiz
shaxsiy foydalanish uchun fotoapparat (1 ta), portativ magnitofon (1 ta), portativ
videokamera (1 ta), portativ kinokamera (1 ta), portativ kompyuter (1 ta) olib kirishga
ruxsat beriladi. Ularning soni belgilangan normadan ortiq bo’lsa, aniq soni
deklarasiyada ko’rsatilishi lozim. Bojxona xizmati ruxsati bilan Xitoyga olib kirilgan
100



yuqorida nomlari qayd etilgan buyumlar chegarani qayta kesib o’tayotganda albatta,


Xitoydan olib chiqib ketilishi kerak. Xitoyga tashrif buyuruvchi turistlarga shaxsiy
foydalanish uchun aql bovar qiladigan darajada tilla-kumush va ulardan tayyorlangan
buyumlar olib kirishga ruxsat beriladi. Agar ularning og’irligi 50 kg dan oshsa
deklarasiya to’ldirish talab etiladi va Xitoydan chiqib ketilayotganda deklarasiyada
ko’rsatilganicha qaytarib ketiladi. Xitoyda sotib olingan tilla, kumush va ulardan
yasalgan buyumlarni olib chiqib ketishda bojxona xizmati Xitoy xalq banki
tomonidan berilgan “maxsus hisob-faktura” bo’lgandagina ruxsat etadi. Chet ellik
fuqaroning Xitoydan badiiy qimmatga ega narsani olib ketishi uchun madaniyat
ishlari bo’yicha tegishli ma’muriy organdan ekspertiza xulosasi talab qilinadi va
albatta, bojxona deklarasiyasida ko’rsatilishi shart. Xitoyga kelgan fuqaroga shaxsiy
ehtiyoji uchun zarur miqdordagina dori-darmon olib ketishiga ruxsat beriladi.
Xitoy tibbiyotida qo’llaniladigan bu dorilar yoki ularning xom-ashyosini chet
el valyutasiga sotib olingani haqida tegishli hisob-kvitansiyasi, valyuta
almashtirilgani to’g’risida ma’lumotnoma bo’lishi zarur.
Venesuela Respublikasi. Valyutani olib kirish va chiqarib ketish
cheklanmagan. 10 ming AQSh dollaridan ziyodi deklarasiyalanishi zarur. Tilla va
zargarlik buyumlari ham deklarasiyalanadi. Narkotik va tarkibida narkotika bo’lgan
medikamentlar, qurol, kimyoviy zaharli moddalarning tranziti ta’qiqlangan.
Hayvonot olamining noyob vakillarining terilari, tuluplarini olib ketish ta’qiqlangan.
Biznes-viza egalari mamlakatda bo’lgan paytida olingan har qanday daromadni
Moliya vazirligida deklarasiyalashi shart. Turistik vizalardan biznes maqsadida
foydalanish Venesuelada jinoyat hisoblanadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin