To’rtinchi mashq. (“Yozuvchi oyoq”): o’ng oyoq ko’tariladi.
Havoda
aylantirilib, istalgan so’z yoziladi. Masalan, “samolyot”. Keyin tushiriladi va chap
oyoq bilan mashq takrorlanadi.
Beshinchi mashq. (“O’rinda o’tirib yurish”): o’ng oyoq ko’tariladi.
Keyin
yana sekin tushiriladi. So’ngra chap oyoq ko’tariladi va asta-sekin tushiriladi. Mashq
davomiyligi 1 minut.
8.6. Turli mamlakatlarda turist xavfsizligi choralari va
sog’liqni muhofaza qilish
Sog’liq uchun potensial xavf ko’proq bo’lgan
mamlakatlarning qisqacha
geografik sharhini keltiramiz:
Keniya. Bezgak kasalligi Hind okeani zonasi va G’arbiy Keniyada tarqalgan.
Mamlakatga kirishdan bir hafta oldin profilaktika o’tkazish
va uni butun sayohat
davomida va undan keyin olti hafta davomida davom ettirish tavsiya qilinadi.
Bezgakka qarshi tabletkalar va ayrim dorilarni dorixona va supermarketlarda sotib
olish mumkin. Katta shaharlarda zamonaviy kasalxonalar
bor va ajoyib tibbiy
imkoniyatlar yaratilgan. Agar turist kasal bo’lib qolsa “
uchuvchi doktor” deb
atalgan xizmat uni Keniyaning istalgan burchagidan
Nayrobiga yetkazib keladi – bu
25 dollar turadi. Saxroi Kabirda bo’lgan chog’da tanani ochiq joylarini yopish va
hashoratlar chaqishiga qarshi maxsus vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Krandan suv ichish va ko’chada sotilayotgan mevalarni
sotib olish tavsiya
etilmaydi. Yaxshisi shisha va banka idishlarga qadoqlangan ichimliklarni iste’mol
qilgan ma’qul. Meva va sabzavotlarni yeyishdan oldin yaxshilab yuvish yoki po’stini
archish kerak.
Malayziyada suvni bevosita krandan ichish mumkin, lekin yaxshisi shishadagi
mineral suvdan ichgan ma’qul. U barcha magazinlarda sotiladi.
Dorini reseptsiz
dorixonadan sotib olsa bo’ladi. Shuningdek oziq-ovqat magazinlari, mehmonxona va
savdo markazlarida ham sotiladi. Mamlakatga kelish oldidan xolera va chechakka
151
qarshi emlanishga zarurat yo’q. Gepatit “A” va “V” ga qarshi qayta vaksina olish
ham tavsiya etilmagan.
Dostları ilə paylaş: